Рубрики
Kasalliklar

Homiladorlik davrida xurrak otish va uning alomatlari


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Homiladorlikda xurrak otish asosan homiladorlikning 2 trimestrda, taxminan homiladorlik kalendari bo‘yicha16-haftada homiladorlik garmonlari burun bitishini boshlashi sababli yuzaga keladi.

Homiladorlikda xurrak otish nima sababdan yuzaga keladi?

Ayollarda homiladorlik garmonlari oshishi, estrogen va progesteron darajasining ko‘tarilishi sabab burundagi shilliq pardalar shishadi. Dam olayotgan vaqtingiz, burun shilliq pardalaridagi shishlar tufayli xurrak otasiz. Shuningdek, xurrak otish ehtimoli homiladorlik davridagi ortiqcha vaznga ham bog‘liq. Homiladorlik davridagi ortiqcha vazn, bosh va bo‘yin atrofida qo‘shimcha to‘qimalar rivojlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida xurrak otishni kuchaytirishi mumkin.

Homiladorlikda xurrak otish preeklampsiya belgisimi?

Aksariyat hollarda, xurrak otish homiladorlikning yana bir salbiy alomatlaridan biri hisoblanadi. Boshqa muhim faktorlardan biri esa xurrak otish obstruktiv uyqu apnoesidan (tomoqning orqa qismidagi mushaklar normal nafas olish uchun juda ko‘p bo‘shashishi natijasi) kelib chiqadi. Bu holat havo yo‘llaridagi surunkali shishlar natijasidir. Tadqiqotlar uyqu apnoeasi yuqori qon bosimi va preeklampsiya (homiladorlik davrida yuqori qon bosimining to‘satdan paydo bo‘lish holati) bilan bog‘liqligini ko’rsatadi. Preeklampsiyaning eklampsiyaga o‘tishi yoki boshqa asoratlarni keltirib chiqarishini oldini olish uchun uni boshqarish kerak. 

Preeklampsiya  belgilari: to‘piqlar, qo‘llar va yuzlarning odatdagidan farqli shishishi, ko‘rish qobiliyatining o‘zgarishi, xiralashishi va isteʼmol meʼyori bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda ortiqcha vazn to‘plash. Homiladorlik davrida uyqu apnoesi bo‘lajak ona va bolani kisloroddan to‘sib qo‘yadi, natijada tug‘ilajak bolada yurak kasalliklari va o‘pka emboliyasi kabi sog‘liq muammolarining xavfi oshadi. Uyqu apnoesining belgilari ertalab bosh og‘rig‘i bilan uyg‘onish va tez-tez charchab qolish, asabiylashish yoki xotira bilan bog‘liq muammolarni (charchoq va uyqusizlik homiladorlikning odatiy belgilari ham bo‘lishi mumkin, ayniqsa birinchi va uchinchi trimestrlarda) keltirib chiqarishi mumkin.

Foydali: Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Quyidagi alomatlar sizda kuzatilayotgan bo‘lsa va odatdagidan ko‘ra ko‘proq xurrak otsangiz, albatta, shifokoringiz bilan uchrashing. Uyqu apnoeasidan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz Siz uchun sog‘lom va xavfsiz vazn yo‘qotishni taʼminlaydigan reja tuzib beradi. Shuni unutmaslik kerakki, ortiqcha vazn uyqu apnoeasiga olib keladi.

Homiladorlik davrida xurrak otishni qanday oldini olish mumkin?

      Xurrak otishni kamaytirish yoki butunlay to‘xtatish uchun baʼzi tavsiyalarni bajarish mumkin:

  • Yon tomon bilan uxlang, chalqancha tarzda uxlash xurrak otishni kuchaytirishi mumkin;
  • Tikroq holatda dam oling, bu jarayonda yostiqlar bilan boshingizni biroz balandroqda ko‘tarib yotish havo yo‘lingizni tozalashda yordam beradi;
  • Namlagichdan foydalaning, issiq yoki sovuq haroratda havoga namlik qo‘shish dam olayotganingizda xurrak otishingizni oldini oladi;
  • Turli tutunlardan saqlaning, hatto, ikkilamchi tutun ham nafas yo‘llaringizni bezovta qilishi va xurrak otishga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik paytida qanday qilib yaxshiroq uxlash mumkin?

Homiladorlik paytida uyqu gigiyenasi juda muhimdir. Turli og’riqlar, bezovtaliklar va uyqusizlikka moyillik tufayli uyquda yaxshi dam ololmayotganingizni his qilishingiz mumkin.

Foydali maqola: Homiladorlikda uyqusizlik — sabablari va uni bartaraf etish usullari

Homiladorlik paytida yaxshiroq uxlash uchun ba’zi maslahatlar:

  • Tanangizni bir ritmga keltirish uchun har kuni uyqu bir xil vaqtda yotishga harakat qiling. Bu odat ertalab bir xil paytda uyg’onishingizga ham zamin yaratadi.
  • Uxlashdan oldin xotirjamlik keltiradigan uyqu odatini shakllantiring. Misol uchun, iliq vanna qabul qilish, kitob o’qish yoki musiqa tinglash.
  • Xonangizni qorong’i, salqin va nisbatan sokin saqlash orqali uxlash uchun zamin yarating.
  • Har hafta o’rtacha 150 daqiqagacha homiladorlik mashqlarini bajarish orqali jismoniy faollikni saqlang.
  • Uxlashdan oldin har qanday ovqat va ermaklardan voz keching.
  • Yotoq va yotoqxonangizni uxlash uchun saqlang. To‘shakda boshqa vazifalarni bajarish, masalan, smartfonni «titib» chiqish. Bu uyqu oldidan miyaning tin olishini qiyinlashtirishi mumkin.

Umuman olganda, homiladorlikda har kecha 8 soatdan 10 soatgacha uxlashni maqsadga muvofiqdir*. Agar kechasi tez-tez uyg’onsangiz, bundan ham ko’proq uyquga ehtiyojingiz bo’lishi mumkin.

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!