Homiladorlikda xurrak otish asosan homiladorlikning 2 trimestrda, taxminan homiladorlik kalendari bo‘yicha16-haftada homiladorlik garmonlari burun bitishini boshlashi sababli yuzaga keladi.
Ayollarda homiladorlik garmonlari oshishi, estrogen va progesteron darajasining ko‘tarilishi sabab burundagi shilliq pardalar shishadi. Dam olayotgan vaqtingiz, burun shilliq pardalaridagi shishlar tufayli xurrak otasiz. Shuningdek, xurrak otish ehtimoli homiladorlik davridagi ortiqcha vaznga ham bog‘liq. Homiladorlik davridagi ortiqcha vazn, bosh va bo‘yin atrofida qo‘shimcha to‘qimalar rivojlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida xurrak otishni kuchaytirishi mumkin.
Aksariyat hollarda, xurrak otish homiladorlikning yana bir salbiy alomatlaridan biri hisoblanadi. Boshqa muhim faktorlardan biri esa xurrak otish obstruktiv uyqu apnoesidan (tomoqning orqa qismidagi mushaklar normal nafas olish uchun juda ko‘p bo‘shashishi natijasi) kelib chiqadi. Bu holat havo yo‘llaridagi surunkali shishlar natijasidir. Tadqiqotlar uyqu apnoeasi yuqori qon bosimi va preeklampsiya (homiladorlik davrida yuqori qon bosimining to‘satdan paydo bo‘lish holati) bilan bog‘liqligini ko’rsatadi. Preeklampsiyaning eklampsiyaga o‘tishi yoki boshqa asoratlarni keltirib chiqarishini oldini olish uchun uni boshqarish kerak.
Preeklampsiya belgilari: to‘piqlar, qo‘llar va yuzlarning odatdagidan farqli shishishi, ko‘rish qobiliyatining o‘zgarishi, xiralashishi va isteʼmol meʼyori bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda ortiqcha vazn to‘plash. Homiladorlik davrida uyqu apnoesi bo‘lajak ona va bolani kisloroddan to‘sib qo‘yadi, natijada tug‘ilajak bolada yurak kasalliklari va o‘pka emboliyasi kabi sog‘liq muammolarining xavfi oshadi. Uyqu apnoesining belgilari ertalab bosh og‘rig‘i bilan uyg‘onish va tez-tez charchab qolish, asabiylashish yoki xotira bilan bog‘liq muammolarni (charchoq va uyqusizlik homiladorlikning odatiy belgilari ham bo‘lishi mumkin, ayniqsa birinchi va uchinchi trimestrlarda) keltirib chiqarishi mumkin.
Foydali: Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi
Quyidagi alomatlar sizda kuzatilayotgan bo‘lsa va odatdagidan ko‘ra ko‘proq xurrak otsangiz, albatta, shifokoringiz bilan uchrashing. Uyqu apnoeasidan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz Siz uchun sog‘lom va xavfsiz vazn yo‘qotishni taʼminlaydigan reja tuzib beradi. Shuni unutmaslik kerakki, ortiqcha vazn uyqu apnoeasiga olib keladi.
Xurrak otishni kamaytirish yoki butunlay to‘xtatish uchun baʼzi tavsiyalarni bajarish mumkin:
Homiladorlik paytida uyqu gigiyenasi juda muhimdir. Turli og’riqlar, bezovtaliklar va uyqusizlikka moyillik tufayli uyquda yaxshi dam ololmayotganingizni his qilishingiz mumkin.
Foydali maqola: Homiladorlikda uyqusizlik — sabablari va uni bartaraf etish usullari
Homiladorlik paytida yaxshiroq uxlash uchun ba’zi maslahatlar:
Umuman olganda, homiladorlikda har kecha 8 soatdan 10 soatgacha uxlashni maqsadga muvofiqdir*. Agar kechasi tez-tez uyg’onsangiz, bundan ham ko’proq uyquga ehtiyojingiz bo’lishi mumkin.
Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…
Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…
Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…
Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…
Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…
Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…