Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Kindik churrasi ichakning bir qismi bo’lib, qorin bo‘shlig‘i mushaklaridagi teshikdan chiqib ketishidan paydo bo‘ladi.
Qorin bo‘shlig‘ini o‘rab turgan mushak to’liq yopilmasa, qorin devoridagi teshik tufayli kindik churrasi hosil bo‘ladi. Ichaklar teshikda to’planganda qorin bo‘shlig‘ida churra bo‘rtib chiqadi.
Kindik churralari yangi tug‘ilgan va 6 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarda, shuningdek, odatdagidan farqli o‘laroq katta yoshdagilarda ham kuzatiladi. Bolalar 4-5 yoshga to‘lgunga qadar 90% bolada kindik churrasi davolanishlarsiz tabiiy ravishda o‘z holiga qaytadi.
Agar churra tabiiy ravishda o‘z holatiga qaytmasa, operatsiya orqali davolash amalga oshiriladi. Davolash qorin bo‘shlig‘i mushaklardagi teshikning hajmiga bog‘liq.
Kindik churrasi belgilari
Chaqaloqlarda churra og‘riq bermaydi. Uning yagona haqiqiy belgisi chaqaloqning qorin bo‘shlig‘ida shish yoki tashqi tomondan “churra”ning ko‘rinishidir.
Bola yig‘layotganda yoki hojatga chiqqanda mushaklar zo‘riqishi tufayli churra bo‘rtib chiqishi yoki orqaga surilishi mumkin. Bu jarayon churra rivojlanib, teri cho’zilishiga sabab bo’ladi.
Kindik churrasi tufayli qorinda og‘riq bo’ladi va bosim oshadi. Ayniqsa, odam aksirganda, yo‘talganda, og‘ir narsalarni ko‘targanda va ichi kelganida og‘riq kuchayishi mumkin.
Kichkintoylar singari kattalarda ham churra bo‘rtib chiqishi yoki kindik hududidan chiqib ketishi mumkin. Qisilgan churra ko‘ngil aynishi, isitma va qusishni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Kindik churrasi sabablari
Bolalar tug‘ilgandan keyin kindik yo’ldoshdan ajratilganda, chaqaloqlarda kindik halqasining biriktiruvchi to‘qimasi o‘z-o‘zidan yopiladi. Agar bu yopilish kechiksa yoki umuman sodir bo‘lmasa, kindik churrasi rivojlanadi.
Kattalarda kasallik yuzaga kelishining bir nechta sabablari bor:
- qorin bo‘shlig‘ida suyuqlikning to‘planishi;
- buyrak yetishmovchiligini davolash uchun uzoq muddatli dializ;
- ko‘p homiladorlik;
- semirib ketish;
- qorin bo‘shlig‘ida o’tgan avvalgi operatsiya.
Churra mavjud bo‘lgan bolalarda hech qanday og‘riqli asoratlar bo‘lmaydi. Teshik vaqt o‘tishi bilan davolanmasdan tabiiy ravishda yopilishi ham mumkin. Ammo, kamdan-kam hollarda churra qisilib qoladi. Bu insonning qorin bo‘shlig‘idagi aʼzolari churra qopiga yopishib qolganda yoki qon oqimi kamayganda sodir bo‘ladi.
Qisilgan kindik churrasining belgilari quyidagilardan iborat:
- rangi o‘zgargan bo‘rtiqlar;
- isitma;
- ko‘ngil aynishi;
- ovqatlanishdan bosh tortish;
- qattiq og‘riq;
- yumshoq bo‘rtiq;
- qusish.
Bolada bu kabi alomatlarni sezgan ota-onalar va tarbiyachilar shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerak.
Kindik churrasini davolash
Chaqaloqlarda kindik churralari kamdan-kam hollarda davolanishga ehtiyoj seziladi. Ko‘pchilik chaqaloqlarda 1 yoki 2 yoshga to‘lgunga qadar churra tabiiy ravishda yopiladi, agar yopilmasa 4 yoki 5 yoshida operativ yo’l bilan hal qilinadi.
Agar churraning hajmi kattalashishda davom etsa, ayniqsa, og‘riqli yoki siqilgan bo’lsa, bolaga zudlik bilan bolalar jarrohining yordami kerak bo’ladi.
Har qanday yoshdagi bemorlarda kindik churrasi operatsiya yo’li bilan davolanadi. Jarrohlik yo’li orqali kindik churrasini xaltachasi bilan birga kesib olib tashlanadi. Bu odatda ambulatoriya muolajasi bo‘lib, bemorlar o‘sha kunning o’zidayoq uylariga qaytishlari mumkin bo’ladi.