Maxfiylik siyosati

Lalu ilovasidan foydalanishda maxfiylik siyosati

«Lalu» mobil ilovamizni o‘rnatish yoki har qanday usulda Xizmatlarimizdan foydalanish yoki ularga kirish orqali siz ushbu Maxfiylik siyosati va shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berish shartlarini qabul qilasiz.

Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot

Yuridik shaxs nomi: «Bee Alley» MCHJ

STIR: 308549575

Manzil: Navoiy viloyati Konimex tumani Shoʻrtepa MFY.

Bogʻlanish uchun: +998-94-740-3553

Sizning ishonchingizni hurmat qilamiz. Shuning uchun kompaniya sifatidagi siyosatimiz, har bir foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlari va maxfiylik huquqlari himoya qilinishni taʼminlash hamda bizning maʼlumotlarimiz shaffofligini yaratish uchun barcha choralarni koʻrishdir.

Shaxsiy maʼlumotlarni yigʻishdan maqsad nima?

Axborot toʻplashning asosiy maqsadi sizga bizning xizmatimizni samaraliroq taqdim etishdir. Bizda noqonuniy sabablar yoʻq va sizning maʼlumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Biz sizning maʼlumotlaringizdan faqat quyidagilar uchun foydalanamiz:

  • Siz uchun xizmatni optimal taqdim etish;
  • Ilova bilan tajribangizni oʻzaro moslashtirish;
  • Ilovadagi xatolar va boshqa muammolarni aniqlash va tuzatish uchun.

Qanday maʼlumotlarni yigʻamiz?

Biz faqat ilova funksiyalari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni toʻplaymiz. Ilovani oʻrnatib, ushbu qoidaga rozi boʻlganingizda, biz quyidagi maʼlumotlarni toʻplashni boshlaymiz.

Mobil ilova:

  • Homiladorlik haqida maʼlumot:
    • Oxirgi hayz kuningizning birinchi kuni va muddati.
    • To‘liq ismi-sharifingiz;
    • Elektron pochta manzili;
    • Jins;
    • Tug‘ilgan sana;
    • Yashash joyi va tegishli joylashuv maʼlumotlari;
    • Telefon raqamingiz.
  • Ilovadan foydalanganingizda vazningiz, oʻlchamlaringiz va boshqa harakatlaringiz haqida maʼlumot.
  • Chaqaloq haqida maʼlumot: tugʻilgan sana, jinsi, vazni, boʻyi.
  • Ilovalar konfiguratsiyasi haqidagi maʼlumotlar, bildirishnomalar, haftaning birinchi kuni taqvim sozlanishi.
  • Mobil qurilmalar uchun identifikatorlar. Qurilma sozlamalarida istalgan vaqtda mobil qurilmangiz identifikatorini yoqishingiz yoki oʻzgartirishingiz mumkin.

Maʼlumotlarni saqlash muddati

Shaxsiy maʼlumotlaringizni faqat bizning xizmatimizdan foydalanayotgan vaqtingizda saqlaymiz. Istalgan vaqtda ilovadan foydalanishni toʻxtatib, uni rad qilishingiz mumkin.

Uchinchi tomonlar

Maxfiylik kafolati va maʼlumotlarni himoya qilish kafolatini berish uchun — biz uchinchi tomonni sinchkovlik bilan koʻrib chiqamiz va tekshiramiz. Biz uchinchi tomonning maxfiylik siyosati va amaliyotini nazorat qila olmaymiz va ular uchun javobgar emasmiz. Maʼlumotlarni tahlil qilish maqsadida “Google Analytics for Firebase”, ilovaga kirish davomida Google OAuth 2.0 uchinchi tomon xizmatidan foydalanamiz.

Firebase uchun Googlening tahlillari

Firebase bizga ilovalardan foydalanish boʻyicha tahlillarni toʻplashga, tezkor oʻzgartirishlarni amalga oshirishga, foydalanuvchi bazasidagi segmentlar uchun ilovani sozlashga, ilova tajribasini yaxshilash uchun A/B testlarini oʻtkazishga yordam beradi va hokazo.

Google Auth.

Lalu mobil ilovadan roʻyxatdan oʻtishda biz Google hisob maʼlumotlaringizni, jumladan emailingizni saqlaymiz va Lalu ilovasida hisob yaratish uchun foydalanamiz. Laluʼda ochilgan hisobingiz ushbu email bilan bogʻlanadi.

Xavfsizlik

Biz sizning maʼlumotlaringizni zararsiz saqlashga, ularga ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, oʻzgartirish yoki yoʻq qilishdan himoya qilish uchun kerakli texnik choralarni koʻramiz.

Biz maʼlumotlaringizni himoya qilish uchun yetarli harakat qilsak ham, hech qanday xavfsizlik tizimi barcha mumkin boʻlgan noodatiy xavflardan himoyalanmagan. Kutilishi mumkin boʻlgan noodatiy xavflardan va shu tufayli yoʻqotilgan maʼlumotlarni tiklash maʼmuriyat zimmasida emas.

Huquqlaringiz

Maʼlumotlarni yigʻish, ularni saqlash sizning roziligingiz bilan boshlanadi va tugatiladi. Agar yuqorida sanab oʻtilgan baʼzi maqsadlarga rozi boʻlmasangiz, istalgan vaqtda bularni rad qilishingiz mumkin.

Maʼlumotlaringizga kirish, oʻzgartirish yoki yoʻq qilish huquqiga egasiz.

Bolalar huquqlari

Ushbu xizmat qurilmasiga yoshini 3 yoshdan katta deya kiritgan foydalanuvchi ishlatayotgan qurilmalarga ilovani oʻrnatishi mumkin. Yosh bilan bogʻliq holatlar ommaviy oferta orqali tartibga solinadi.

Eslatma

Ilovaning “Maxfiylik siyosati” doirasida nazarda tutilmagan holatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiliklariga binoan “Ommaviy oferta” orqali tartibga solinadi.

Bogʻlanish uchun maʼlumotlar

Ilova borasida sizni qiziqtirgan savollar, taklif yoki qoidalar haqida qoʻshimcha maʼlumot olishni istasangiz, iltimos biz bilan bogʻlaning:

Ushbu «Maxfiylik siyosati» oxirgi marta 30.11.2023-yil sanasida yangilandi.

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!