Homilador ayollar milk qonashi boʻyicha tish shifokoriga murojaat qilganida ularga homiladorlik gingiviti (milklarning yalligʻlanish) kasalligi tashxisi qoʻyilishi mumkin. Homilador ayollarning taxminan 60-75 foizida milklari shishgan, qizargan holatda boʻladi. Milklar nozik va taʼsirchanligi sabab tishlar oddiy tish choʻtkasi bilan yuvilganida qonab ketadi. Ushbu kasallik milk yalligʻlanishining yengil turlaridan biri bo’lgan homiladorlik gingiviti hisoblanadi. Homiladorlik gingiviti milklarning […]
Рубрика: Salomatlik
Sitomegalovirus
Sitomegalovirus (SMV) keng tarqalgan viruslardan biridir. Infeksiyani yuqtirganingizdan so‘ng, tanada virus paydo bo‘ladi. Aksariyat odamlar buni hatto sezmaydi, chunki u deyarli alomatlarsiz kechadi. SMV homilador ayollar yoki immuniteti zaiflashgan bemorlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Homiladorlik davrida SMV infeksiyasini “faollashtirgan” ayollar virusni chaqaloqlariga ham o‘tkazishi mumkin. Tug‘ma Sitomegalovirus keyinchalik turli alomatlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Immunitet […]
Onalik instinkti
Homiladorlik payti ona boʻlish haqida tashvishlangangizda yaqinlaringiz sizga “Nima qilish kerakligini farzandli boʻlganingda bilib olasan” deb aytishgan boʻlsa kerak. Evolyutsion jihatdan onalik instinkti tushunchasi barchaga maʼlum. Qizigʻi ham shundaki, ona boʻlganingizdan soʻng siz bolangizga qanday gʻamxoʻrlik qilishni avtomatik tarzda his qilasiz. Ammo farzand dunyoga keltirganingizda sizga chaqaloqni qanday tarbiyalash, qanday oziqlantirish va uxlatish kabi maʼlumotlarni […]
Amniotik suyuqlik nima?
Amniotik suyuqlik homilaning sogʻlom rivojlanishi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bachadondagi ushbu suyuqlik miqdorining meʼyordan kam yoki koʻpligi turli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Amniotik suyuqlik nima? Bola bachadonda ikkita membrana, amnion va xoriondan tashkil topgan amniotik parda ichida joylashgan boʻladi. Homila amniotik suyuqlik bilan to’lgan parda ichida oʻsadi va rivojlanadi. Dastlab, suyuqlik […]
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uyqusida injiqlik qilishi, yig‘lashi ko‘p uchrab turadi. Chaqaloqlarning tanasi muntazam uyqu davriga moslashmagani uchun uyqusida tez-tez uyg‘onishi yoki ingrab yig‘lashi odatiy holdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun yig‘lash asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. Shuning uchun chaqaloqlar tez-tez, hatto uyquda ham yig‘lashlari asoslidir. Bunday hollarda chaqaloqda biror kasallik yoki og‘riqning alomatlari bo‘lmasa, bu normal holat. […]