Рубрики
Kasalliklar

Bolalarda ekzema — sabablari, davolash va oldini olish usullari


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Ekzema ( shuningdek, atopik dermatit ham deyiladi) tananing har qanday joyida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan, quruq, qichishish bilan kechadigan teri toshmasi, u odatda, yuz va qo’l-oyoq terisida paydo bo’ladi. Ekzema har bir insonda, shu jumladan, chaqaloqlarda ham bo’lishi mumkin.

Bolalarda ekzema sabablari

Ba’zi omillar odamlarda ekzema toshmasiga nisbatan moyillik paydo bo’lishiga sabab bo’ladi, jumladan:

  • Oila tarixida ekzema bo’lsa;
  • Oila tarixida issiqlik toshishi, allergiya yoki astma bo’lsa;
  • Muntazam ravishda sovuq va nam iqlimda yashash;
  • Atrof-muhitda qo’zg’atish xususiyatini chaqiruvchi moddalarning bo’lishi (masalan, tutun, kir yuvish kukunlari, xushbo’y moddalar va zaharli moddalar).

Foydali: Uyqu vaqtida yig‘layotgan chaqaloqni qanday ovutish mumkin?

Bolalar ekzemasi qanday ko’rinishda bo’ladi?

Ekzema, ko’pincha 6 oygacha bo’lgan chaqaloqlarda bosh va yuz terisida paydo bo’ladi. Toshma, odatda, qizil bo’lib, pufakcha ko’rinishida, so’ngra bu pufakchadan suyuqlik oqib chiqishi va ustidan qobiq bilan qoplanish holati kuzatiladi.

O’sib borayotgan chaqaloqlarda ekzema tizza va tirsak sohasida paydo bo’lishi mumkin. Ekzemaning qichishishi chaqaloqda bezovtalikni keltirib chiqaradi. Chaqaloq nima bo’layotganligini ayta olmaydi, lekin ularning xatti-harakatidan ekzema ularda noqulaylik keltirib chiqarayotganligini ko’rish mumkin.

Ekzema toshmasining belgilari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Uyqu muammosi;
  • Teridagi infeksiyalar ( toshmani tirnash yoki ishqalash natijasida tushgan infeksiya);
  • Bezovtalik.

Qiziqarli: Bolalarni ko‘krak suti bilan uzoq vaqt oziqlantirishning foydali va zararli tomonlari

Ekzemani davolash usullari

Ekzemani to’g’ridan to’g’ri davolab bo’lmaydi, ammo, undagi qichishish, terining quruqligi, tirnash holati bilan kurashish va infeksiya tushishining oldini olish orqali bir nechta davolash usullari mavjud.

Bunday davolash usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Bola terisini yaxshi namlangan holatda saqlang: farzandingizni iliq suvda cho’miltiring va terisini quruq qilib arting, so’ng darhol namlantiruvchi kremlardan foydalaning;
  • Umumiy qichishish xususiyatini chaqiruvchi moddalardan saqlaning: chaqalog’ingizning kir kiymlarini yuvishda hidsiz sovun va yuvish vositalaridan foydalaning. Farzandingiz kiymlari yumshoq paxta matolaridan bo’lsin;
  • Umumiy allergenlardan saqlaning: uyingizni, ayniqsa, farzandingiz xonasini chang va uy hayvonlari yungidan tez-tez tozalang;
  • Tirnash holatini oldini oling: agar chaqaloq terisini tirnamoqchi bo’lsa, uning tirnoqlarini qisqartiring va qo’llarini paypoq yoki qo’lqoplar bilan berkitib qo’ying. Bundan tashqari, teriga nam mato o’ramalarini qo’llashingiz mumkin. Qichishish kuchli bo’lsa, pediatringiz antigistamin preparatlarini tavsiya qilishi mumkin;
  • Terini davolash usullari: pediatringiz farzandingiz terisiga qo’llash uchun steroidlar va steroid bo’lmagan vositalarni qo’llashni tavsiya qilishi mumkin;
  • Infeksiyani oldini olish: uy sharoitida ekzemani davolashning eng samarali yo’li bu — oqartiruvchi hammomdir. Ular kasallik to’satdan avj olganda uning o’tishini yengillashtirish yoki oldini olish uchun qo’llaniladigan davolash usuli bo’lmasa-da, ekzemani davolash rejimining bir qismi bo’lishi mumkin.

Muhim: Bola rivojlanish bosqichlari: Eshitish va tovush chiqarish

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Ekzema toshmasi, ayniqsa, u tirnalgan bo’lsa, unda infeksiya paydo bo’lishi mumkin. Infeksiyalarni bartaraf etishda antibiotiklar va boshqa dorilarni qo’llash shifokor tomonidan tavsiya etiladi. Agar farzandingiz terisida infeksiya paydo bo’lganini sezsangiz, pediatringizga murojaat qiling.

Chaqaloqlarda ekzema profilaktikasi

Ekzemaning aynan o’zining kelib chiqishini oldini olishning iloji yo’q, ammo, uning qo’zg’atuvchilarini aniqlash va kasallik kuchayishini oldini olish mumkin. Qo’zg’atuvchi omillarni kamaytirishning ba’zi usullari quyidagilardan iborat:

  • Farzandingizni quruq va sovuq ob-havo sharoitidan uzoqroq tuting;
  • Agar farzandingiz 6 oylik yoki undan katta bo’lsa, unga yilda bir marta grippga qarshi emlash muolajasini infeksionist bilan maslahatlashib o’tkazing;
  • Xonadoningizdagi umumiy qo’zg’atuvchi, qichishish holatini chaqiradigan omillardan qoching va har bir mahsulotlarni yorliqlari bilan tanishib chiqing;
  • Kir yuvish vositalari qoldiqlari kiyimlarda qolmasligi uchun kiyimlarni ikki marta yuving;
  • Farzandingizni allergiyasi qaysi moddalarga nisbatan mavjudligini bilish uchun allergolog bilan maslahatlashgan holda unda sinamalar o’tkazing;
  • Chaqaloq ekzemasini kuchaytiradigan omillar qaysi ekanligini aniqlash maqsadida farzandingizni muntazam ravishda kuzatib boring;
  • Kichkintoyingiz terisini namlab turing.
  • Bolangiz salomatligini, undagi normal va patologik o’zgarishlarga ahamiyatli bo’ling. Bu o’zgarishlarni «Lalu» mobil ilovasi orqali oson kuzatib borishingiz mumkin.

Ushbu maqola Amerika Dermatologiya Akademiyasi Assotsiatsiyasi hamda www.stanfordchildrens.org ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!