Kasalliklar

Homiladorlikda kamqonlik (anemiya) — belgilari, sabablari va davolash usullari

Homiladorlik paytida tananing o‘zgarishi haqida o‘ylash uchun juda ko‘p sabablar bor. Har bir homiladorlik har xil bo‘lsa-da, ko‘pchilikda kuzatilishi mumkin bo‘lgan bir nechta narsalar bor, shu jumladan homiladorlikda kamqonlik ko’pgina homilador ayollarda kuzatiladi.

Bu holat ya’ni homiladorlikda anemiya tanangizdagi to‘qimalarga kislorod yetkazib beradigan qizil qon tanachalari yetishmovchiligidan yuzaga keladi. Yengil anemiya sizni charchashga olib kelishi mumkin, ammo u juda og‘irlashsa yoki vaqtida davolanmasa, jiddiy xavflar yuzaga kelishiga asos bo’lishi ham mumkin.

Darhaqiqat, homiladorlik paytida kamqonlik erta tug‘ilish, kam vaznli homila va hatto onalar o‘limi kabi holatlarning xavfini oshiradi.

Kamqonlik turlari, tez-tez uchraydigan alomatlari va davolash usullari haqida ko‘proq bilishingiz, anemiyaning ogohlantiruvchi belgilarini erta aniqlashga yordam beradi, shunda siz asoratlarni oldini olish maqsadida shifokorga vaqtida murojaat qilishingiz mumkin bo’ladi.

Xavotirlanmang. Faqatgina, sog‘lig‘ingizdan xabar olib turuvchi mas‘ullarga, ya’ni shifokorlarga barcha alomatlaringiz to‘g‘risida xabardor qilib boring va ular sizga bu yo‘lda yordam berishadi. Keling, ushbu maqola orqali homiladorlikda kamqonlik haqida ko‘proq ma’lumot bilib olaylik.

Homiladorlikda yuz beradigan fiziologik va patologik o’zgarishlar to’g’risida «Homiladorlik» bo’limi orqali ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin.

Homiladorlikda kamqonlik sababi nima?

Homiladorlikda yengil anemiya ko‘p odamlar uchun keng tarqalgan bo‘lsa-da, bu jiddiy muammoga aylanishi mumkin, agar u ahamiyatsiz qoldirilsa, yana-da jiddiyroq tibbiy davolanishni talab qiladi.

Agar tanangizda kislorodni harakatga keltiradigan yetarlicha qizil qon hujayralari yetishmasa, bu a‘zolaringizga va tana funktsiyalaringizga ta‘sir qiladi.

Kamqonlikning 400 dan ortiq turlari mavjud. Bundan tashqari, turli xil sabablar mavjud, ammo bu ko‘pincha qizil qon hujayralarining ishlab chiqarilishiga va umumiy salomatlikka tegishli.

Shuningdek, fiziologik anemiya homiladorlik bilan bog‘liq normal jarayon hamdir.

Homiladorlik paytida qonning umumiy hajmi oshsa, suyuqlik (yoki plazma) miqdori qizil qon hujayralari hajmiga qaraganda ko‘proq oshadi. Natijada qonning umumiy hajmida eritrotsitlarning past foizli nisbati yuzaga keladi — bu o‘zgarish qon tahlilida aks etadi.

Temir tanqisligi anemiyasi

Homiladorlikdan oldin va homiladorlik davrida temir zahiraning yetishmasligi temir tanqisligiga olib kelishi anemiyaning eng keng tarqalgan sababidir.

Ushbu turdagi anemiyada temir zaxirasi kam bo‘lishi gemoglobin ishlab chiqarilish hajmining pasayishiga olib keladi.

Homiladorlik davrida tanangiz o‘sib borayotgan bolangizni to‘g‘ri ozuqa bilan ta‘minlash uchun ko‘proq ishlaydi, natijada qon miqdori taxminan 45 foizga oshadi. Natijada sizda fiziologik anemiya paydo bo‘lishi mumkin.

Tanangiz chaqaloqni o‘z gemoglobinini ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan temir bilan ta‘minlaydi.

Qon miqdorining oshishi va go‘dak gemoglobinini ishlab chiqarishi zarur kislorod hamda ozuqa moddalarini ko‘proq tashishga imkon beradi, ammo temir kabi muhim minerallarga bo‘lgan kunlik ehtiyojni oshiradi.

Folat yetishmovchiligi anemiyasi

Folat tanqisligi anemiyasi — homiladorlik paytida yuzaga keladigan yana bir keng tarqalgan anemiya turidir.

Foliy kislotasi — bu suvda eruvchan vitamin bo‘lib, homiladorlik paytida asab naychalari nuqsonlari yoki miya bilan bog‘liq muammolarni oldini olishga yordam beradi.

Ayollar reproduktiv yoshi va homiladorlik davrida foliy kislotasi darajasining yuqori bo‘lishiga muhtoj bo‘lishadi, shuning uchun homiladorlikni rejalashtirishdan oldin ham foliy kislotasi qo‘shimchasini isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Vitamin B12 yetishmasligi tufayli homiladorlikda kamqonlik

Tanangiz B12 vitaminni qizil qon hujayralarini ishlab chiqarishda ham foydalanadi.

B12 vitamini asosan go‘sht, tuxum, baliq va parranda go‘shti kabi hayvon mahsulotlarida mavjud.

Shu sababli, muntazam ravishda ushbu oziq-ovqatlarni isteʼmol qilmaydigan ayollar, shu jumladan vegetarianlar va veganlarda B12 vitamin tanqislik xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.

Baʼzi odamlar organizmida B12ni qayta ishlashda muammo sababli yetishmovchilik yuzaga keladi.

Folat tanqisligi va B12 vitamini yetishmovchiligi ko‘pincha bir vaqtda sodir bo‘ladi. Agar sizda yetishmovchilik bo‘lishi mumkin deb hisoblasangiz, tibbiyot xodimi sizda qanday anemiya borligini aniqlash uchun laboratoriya tekshiruvlarini olib borishi lozim.

Homiladorlikda kamqonlik belgilari qanday?

Anemiyaning yengil darajalarida umuman alomatlar bo‘lmasligi mumkin, ammo o‘rtacha va og‘ir holatlarda quyidagi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi:

  • haddan tashqari charchoq yoki holsizlik;
  • rangsiz teri (rangparlik);
  • nafas qisilishi, ko‘krak og‘rig‘i;
  • bosh aylanishi;
  • sovuq qo‘llar yoki oyoqlar;
  • loy, tuproq yoki makkajo‘xori kraxmal kabi nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ishtiyoq.

Homiladorlik paytida sizda anemiya mavjud bo‘lsa, siz ushbu alomatlarning ayrimlarini yoki barchasini sezishingiz mumkin.

Homiladorlik davri davomida umumiy qon tahlili hamda bir qancha tekshruvlar homiladorlikda kamqonlik kabi patologik holatlar bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun o‘tkaziladi.

Homiladorlikning boshida va odatda muddat yaqinlashganda yana sinovdan o‘tishga umid qilishingiz mumkin.

Umumiy qon tekshiruvi — bu anemiyani aniqlash uchun ishlatiladigan eng keng tarqalgan vosita, bu namunadagi qon hujayralari hajmi va sonini o‘lchaydigan testlar guruhi hisoblanadi.

Agar sizga anemiya tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, shifokor aniq sababni baholash yoki ovqatlanish yetishmovchiligini aniqlash uchun boshqa qon testlaridan ham foydalanishi mumkin.

Shuningdek, agar yuqorida ko‘rsatilgan homiladorlikda kamqonlik alomatlarini o‘zingizda sezib, xavotirlanayotgan bo‘lsangiz, darhol shifokoringizga murojaat qiling.

Homiladorlikda ko‘p uchraydigan anemiyalarni davolash va oldini olish usullari

Ko‘pgina hollarda homiladorlik paytida kamqonlikning oldini olish mumkin, ayniqsa yaxshi vitaminlarga boy taomlanish bilan.

Homiladorlik davrida qizil qon hujayralari miqdorini to‘g‘ri diapazonda ushlab turish uchun kerakli vitaminlar va minerallarni qabul qilayotganingizga ishonch hosil qilishning baʼzi usullari mavjud.

Prenatal (tug‘ruqdan oldingi) vitaminlar

Prenatal vitaminlar odatda homiladorlik paytida sizga kerak bo‘lgan mikroelementlarning ko‘pini, shu jumladan temir va foliy kislotasini o‘z ichiga oladi.

Prenatal vitaminni kuniga bir marta qabul qilish — bu eritrotsitlar yetarli darajada ishlab chiqarilishi uchun zarur vitaminlar va minerallar bilan organizmni to‘ldirishga yordam beradigan oson usul. Homilador bo‘lishga harakat qilishdan 2-3 oy oldin prenatal vitaminni ichib boshlagan yaxshi.

Temir qo‘shimchalari

Agar sizda temir miqdori kam bo‘lsa, shifokor kunlik prenatal vitaminingizga qo‘shimcha ravishda alohida temir ekstraktlarini tavsiya qilishi mumkin.

Odatda, homiladorlarga kuniga 27 milligramm temir kerak bo‘ladi {Manba}.

Biroq, isteʼmol qilingan temir yoki temir qo‘shimchasining turiga qarab dozada farq bo‘lishi mumkin, shuning uchun shifokor bilan qancha miqdorda isteʼmol qilish haqida suhbatlashish yaxshiroqdir.

Bundan tashqari, temir qo‘shimchalari bilan bir vaqtda kalsiy qo‘shimchalarini olishdan saqlanish kerak, chunki kalsiy tanangizga temirni singdirishiga xalaqit berishi mumkin.

Antasidlar ham temirning singishiga xalaqit berishi mumkin. Antasidlarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 4 soatdan keyin temirni ichish maʼqul. C vitamini bilan temir qo‘shimchasini isteʼmol qilish tanangizga temirni ko‘proq singdirishiga yordam beradi. Buni osonlashtirish maqsadida baʼzi dori preparatlari ikkalasini ham o‘z ichiga olgan.

To‘g‘ri oziq-ovqat

Ko‘pgina odamlar homiladorlik paytida kerakli miqdordagi temir va foliy kislotasini to‘g‘ri ovqatlanish orqali olishlari mumkin. Ushbu muhim minerallar quyidagilarda jam bo‘lgan:

  • parranda go‘shtlari va mahsulotlari;
  • baliq;
  • yog‘siz qizil go‘sht;
  • dukkaklilar;
  • yong‘oq va donlar;
  • quyuq bargli ko‘katlar;
  • don mahsulotlari;
  • tuxum;
  • banan va qovun.

Tegishli maqola: Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Eng zararli 11 mahsulot

Hayvon mahsulotlaridagi temir minerallari oson so‘riladi. Agar siz isteʼmol qilgan temir moddasi o‘simlik manbalaridan olingan bo‘lsa, uni oson singishga yordam berish uchun C vitamini ko‘p bo‘lgan ovqatlar bilan qo‘shib yeng, masalan, tomat sharbati yoki apelsin sharbati bilan.

Baʼzida temir miqdorini oshirish uchun temir qo’shimchalarini qabul qilishning o’zi yetarli bo’lmasligi mumkin. Bunday holda, shifokoringiz siz bilan boshqa davolanish usullari haqida fikr almashishadi.

Lalu — Homiladorlik maktabi ilovasini ushbu havola orqali o’tib yuklab olishingiz mumkin: https://bit.ly/3zZKN72

© Foto: iStockphoto

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

2 года ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

2 года ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

2 года ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

2 года ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

2 года ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

2 года ago