Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Salomatlik

Kesarcha kesish nima?

Kesarcha kesish yoki keserva tug’ruq shifokori - akusher-ginekolog chaqaloqni vagina orqali emas, balki onaning qorin bo’shlig’i va bachadonida kesma hosil qilish orqali tug’diradigan amaliyotdir. Ba’zi shifokorlar buni qorin…

keserva

Kesarcha kesish yoki keserva tug’ruq shifokori – akusher-ginekolog chaqaloqni vagina orqali emas, balki onaning qorin bo’shlig’i va bachadonida kesma hosil qilish orqali tug’diradigan amaliyotdir.

Ba’zi shifokorlar buni qorin bo’shlig’i orqali tug’ilish deb ham atashadi. Odatda, kesar kesish usuli ona uchun vaginal tug’ruq xavfli bo’lganda yoki bu bolaga jiddiy zarar yetkazish xavfi tug’ilgandagina o’tkaziladi.

Keserva qachon qilinadi?

Kesarcha kesish o’tkazish quyidagi sabablarga ko’ra tibbiy jihatdan zarur hisoblanadi:

Xavfli omillar

Kesar kesmasi xavfli omillar bilan birga keladi. Bunda ona duch kelishi mumkin bo’lgan muammolarga quyidagilar kiradi:

Ba’zi ayollar endometritni, bachadon shilliq qavatining yallig’lanish kasalligini boshdan kechirishlari mumkin. Chaqaloqda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavflarga jarrohlik jarohati va nafas olishdagi qiyinchliklar, masalan, nafasning tezlashishi (taxipnoe) yoki respirator distress sindromi kiradi.

Kesar kesish operatsiyasi

Rejali kesarcha kesish amaliyoti, odatda homiladorlikning 39-haftasidan boshlab amalga oshiriladi.*

Kesarcha kesishda akusher ona umurtqasidagi orqa miya epidural bo’shlig’idan anesteziya qilinganidan so’ng, qorin va bachadon bo’ylab kesma o’tkazadi. Keserva paytida ona keng tarqalmagan umumiy behushlik holatida bo’ladi.

Kesma odatda 10 dan 20 santimetrgacha (sm) uzunlikda bo’ladi.

Epidural behushlik bilan onaning to’liq hushidan ketmasligiga qaramay, tananing pastki qismi og’riqsiz bo’lib qoladi. Ular tortishish yoki tortishish hissini boshdan kechirishlari mumkin.

Kesish odatda, 10 dan 20 santimetgacha uzunlikda bo’ladi.

Epidural anesteziyada ona to’liq hushidan ketmasligiga qaramay, bunda tananing pastki qismida og’riq sezilmaydi.

Ba’zan akusher ona operatsiya jarayonini ko’rmasligi uchun parda o’rnatadi, chunki bu holat onada og’riqli bo’lmasa-da, uning uchun jarayon qayg’u hissini yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. Ba’zi shifoxonalarda shaffof pardalardan foydalanishga ruxsat beriladi. Akusher va akusher-ginekologlar onani operatsiyaning qanday o’tayotganligi haqida xabardor qilib turadilar. Avval kesarva bila tug’gan ayollar keyingi homiladorliklarida vaginal, tabiiy tug’ruq yo’li bilan tug’ishlari mumkin, albatta yuqoridagi sabab omillari mavjud bo’lmagan hollarda.

Qayta tiklanish

Kesarchadan keyin ayol va uning chaqalog’i kasalxonada ko’rsatmaga ko’ra 2-4 kun qolishlari mumkin.

Yangi ona 4-6 hafta davomida kesma joyida og’riq, spazm va qon quyqalar bilan yoki usiz qon ketishini boshdan kechirishi mumkin. Operatsiyani boshidan o’tkazgan har bir ayol uchun bu alomatlarning og’irlik darajasi farq qiladi, ammo vaqt o’tishi bilan holat tezda yaxshilanib borishi kerak.

Shifoxondan so’ng uyda ayollarga jismoniy faoliyatni cheklash tavsiya etiladi. 

Shifokor normal faoliyatni tiklash xavfsiz ekanligini aytmaguncha, odatda operatsiyadan 4-6 haftagacha, og’ir jismoniy mashqlar qilishdan, og’ir narsalarni ko’tarishdan, qinga biron bir narsa qo’yishdan yoki jinsiy aloqa qilishdan qochish maqsadga muvofiqdir.

Keserva operatsiyasidan keyin…

Infeksiya yoki boshqa asoratlarning ilk belgilari sezilishi bilan yoki shubhali bo’lgan har qanday alomatlar haqida shifokorga xabar bering.

Ushbu alomatlar quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

Ushbu maqola Mayoclinic.org, NHS.uk va Medicalnewstoday.com ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Salomatlik chaqaloq qayt qilishi

Chaqaloq qusishi – sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko’pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta bu muammo bo’layotganligini ko’rishingiz mumkin. Odatda, chaqaloq qusishi davolash…

Salomatlik molchnitsa

Og’iz bo’shligi kandidozi – molochnitsa

Kandida zamburug’i kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug’ infeksiyalarning bir turi hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i kandidozi (molochnitsa) deb nomlangan bu zamburug’ turi og’izda paydo bo’ladi va ichki…

Salomatlik homiladorlikda varikoz

Varikoz venalarining tug’ruqdan keyingi holati

Homiladorlikda varikoz venalar asosan homilador ayollarning oyoq qismlarida paydo boʻladi. Venalar kengayishi natijasida shishlar hosil bo’ladi. Natijada qichishishi, baʼzida esa ogʻriq paydo bo’lishi mumkin…