Рубрики
Kasalliklar

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Homiladorlik shunday davrki, unda ko’plab o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlarni me’yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador ayoldan ma’suliyat, shifokordan esa, bilim va malaka talab qiladi. Shunday muammolardan biri bu homiladorlikda siydikda qon bo’lishidir.

Siz homilador bo‘lsangiz va siydigingizda qonni ko‘rsangiz yoki shifokoringiz peshob tahlilida unda qon mavjudligini aniqlasa, bu siydik yo‘lining yallig’lanish kasalligining belgisi bo‘lishi mumkin. Siydik yo‘li yallig’lanishi siydik yo‘llarida, odatda, bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksion holat natijasi hisoblanadi.
Homiladorlikda bu holat tez-tez uchraydi, chunki o‘sayotgan homila qovuq va siydik yo‘llariga bosim o‘tkazishi mumkin. Bu esa bakteriyalarni ushlab turilishiga yoki siydik oqishiga olib keladi.

Siydik yo’li yallig’lanishining belgilari qanday?

Siydik yo‘llari yallig’lanish kasalligining belgilari quyidagilardir:

  • davomli siyishga moyillik;
  • tez-tez, biroq oz miqdorda siydik chiqarish;
  • siydik chiqarishda achishish;
  • isitma;
  • tos suyagidagi noqulaylik;
  • bel og‘rig‘i;
  • yoqimsiz hidli siydik;
  • qon aralash siydik kelishi (gematuriya);
  • loyqa siydik ajralishi.

Homiladorlikda siydik yo’llari yallig’lanishiga nima sabab bo’ladi?

Homiladorlikda bu kasallikning 3 ta asosiy turi mavjud, ularning har birining turli xil sabablari bor:

Simptomsiz bakteriuriya

Simptomsiz bakteriuriya ko‘pincha homiladorlikdan oldin ayol tanasida mavjud bo‘lgan bakteriyalar sababli yuzaga keladi. Siydik yo‘li shikastlanishining bu turi sezilarli alomatlarni keltirib chiqarmaydi. Agar davolanmasa, simptomsiz bakteriyauriya buyrak infeksiyasiga yoki o‘tkir qovuq infeksiyasiga sabab bo‘ladi. Ushbu infeksiya homilador ayollarning taxminan 1.9-9.5% da uchraydi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko’ra, davolanmagan asimptomatik bakteriuriya bo’lgan homilador ayollarning 45 foizigacha qismida pielonefrit rivojlanadi.*

O‘tkir uretrit yoki sistit

Uretrit – bu siydik yo‘lining yallig‘lanishi, sistit — qovuq yallig‘lanishi. Bu 2 ta holatni ham bakterial infeksiya (ko’pincha E. coli) keltirib chiqaradi.

Piyelonefrit

Piyelonefrit – buyrak infeksiyasi. Bu qon aylanishi yoki siydik yo‘llarning boshqa joylaridan buyraklaringizga kiradigan bakteriyalar sababli sodir bo‘lishi mumkin. Bunda homilador ayolda peshobida qon bilan bir qatorda, isitma, siydik chiqarishda og‘riq va orqa, yon, qorin ostida yoki qorinda og‘riqlar kabi simptomlar kuzatilishi mumkin.

Homiladorlikda siydik yo’li infeksiyasini davolash

Homiladorlikda bu kasallikni davolash uchun shifokorlar odatda antibiotiklardan foydalanadilar. Shifokor homiladorlikda foydalanish uchun xavfsiz bo‘lgan antibiotiklarni buyuradi, albatta bu antibiotiklar tanangizdagi bakteriyani o‘ldirishda samarali bo‘loladi.

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishiga yana nimalar sabab bo’lishi mumkin?

Homilador bo‘lishingizdan qatʼiy nazar peshobda qon bo‘lishi bir nechta holatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi:

  • qovuqda yoki buyrakda tosh bo‘lishi;
  • glomerulonefrit, buyrakning tozalash tizimining yallig‘lanishi;
  • siydik yoki qovuq saratoni;
  • buyrak shikastlanishi, masalan yiqilish yoki avtohalokat natijasida;
  • o‘roqsimon anemiya yoki alport sindromi.

Bu kabi gematuriyaga (qon aralash siydik kelishi) sabab bo’luvchi omillarni aniqlash ba’zida shifokorga ham qiyinchilik tug’diradi.
Shu sababdan, agar homiladorlikda ayolda siydik aralash qon ketishi kuzatilsa, albatta, shifokorga murojaat qilish lozim.

Gematuriya odatda zararsiz bo‘lsada, bu jiddiy kasallikning ilk belgilaridan biri ham bo’lishi mumkin.
Agar siz homilador bo‘lsangiz va qon aralash siydik kelishi holati bo‘lsa, shifokoringiz bilan bog‘laning. Siydik yo‘li shikastlanishlari muntazam tekshirtirish homiladorlik ayol parvarishining bir qismi bo‘lishi kerak.
Siydik tahlili va tekshiruvlarini o’tkazish uchun shifokoringiz yoki ginekologingiz bilan maslahatlashing.

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!