Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Farzandingiz taxminan 1 oylikdan 3 oylikkacha bo’lgan davrda eshitish va nutqning qiziqarli bosqichlarini boshdan kechiradi. Bularga sizning ovozingizni, tovushingizni eshitib tabassum qilishi va boshini tovush kelgan tomonga qaratishi kiradi. Shuningdek, bu davrda bolalar ba’zi tovushlarga taqlid qila boshlaydilar.
Ushbu maqola orqali «Bola qachon gapiradi», «Bola necha yoshda gapiradi», «Bolaning tili qachon chiqadi» kabi savollarga batafsil javob olishingiz mumkin.
Ovozingizdagi tovushlar
Tabiatan inson yuzini boshqa vizual naqshlardan afzal ko’rganidek, farzandingiz ham boshqa tovushlardan inson ovozini yaxshi farqlay oladi. Ular asosan, eng ko’p eshitadigan ovozlarni taniydilar va ularga javob qaytaradilar. Bolalar ovozlarni issiqlik, oziq-ovqat va o’zlari uchun bo’lgan qulayliklar bilan birgalikda bog’lashadi.
Umuman olganda, chaqaloqlar baland ovozni yaxshi ko’radilar — bu haqiqatni katta odamlar intuitiv ravishda tushunadilar va shunga mos holatda javob beradilar, o’zlari buni sezmaydilar ham.
Keyingi safar chaqalog’ingiz bilan gaplashganda o’zingizni tinglang.
Ehtimol siz ovozingizni ko’targaningizni, nutqingizni sekinlashtirayotganligingizni, bo’g’inlarni bo’rttirib yuborganingizni, ko’zingizni va og’zingizni odatdagidan ko’proq keng ochganingizni sezarsiz. Ushbu dramatik yondashuv deyarli har qanday chaqaloqning e’tiborini o’ziga jalb qiladi va odatda, bu uning tabassumiga sabab bo’ladi.
Siz va boshqalarni tinglash orqali farzandingiz nutqning muhimligini, so’zlarni aniq tushunish yoki takrorlashni o’rganib oladi. Bir oy ichida ular siz boshqa xonada bo’lsangiz ham, ovozingizdan tanib oladigan bo’ladilar.
Muhim: Homiladorlikda isitma chiqishi — sabablari, xavfi va isitmani tushirish usullari
Birinchi muloqot
Farzandingiz bilan suhbatlashayotganingizda ular tinchlanadi, taskin topadi va bola bu suhbatlardan zavq oladi. Farzandingiz sizga tabassum qilganida, ular sizning yuzingizdagi zavqni ko’radilar va suhbat ikkala tomondan bo’layotganligini tushunadilar. Ilk suhbatlar bolaga burilish, ovoz ohangi, taqlid qilish, ovutish va og’zaki holatdagi munosabat tezligi kabi ko’plab nozik muloqot qoidalarini o’rgatadi.
Taxminan, ikki oyligida chaqalog’ingiz ba’zi unli tovushlarni (ah-ax-ah, ooh-oox-ooh) takrorlay boshlaydi. Dastlabki 4-6 oy ichida ular chiqargan tovush, shovqinlarga taqlid qiling, shu bilan birgalikda «suhbatlar»ingizda oddiy so’zlar va iboralarni qo’llashga harakat qiling.
Foydali maqola: Bola qachon tik turadi yoki oyoq bosadi?
Chaqaloq nutqi
Erta go’daklik davrida siz farzandingizga kitob o’qib berishingiz kerak, garchi u buni tushunmaydi, deb o’ylasangiz ham. To’rt oyga kelib, chaqalog’ingiz muntazam ravishda g’o’ng’irlay boshlaydi, ko’pincha g’alati yangi tovushlarni (muh-muh, bah-bah) chiqarib, uzoq vaqt o’zini o’zi zavqlantiradi. Shuningdek, ular sizning ovozingizdagi ohangga va so’z yoki iboralarga urg’u berishingizga nisbatan sezgirroq bo’ladilar.
Har kuni bola bilan birga yurganingizda, siz qachon ularni ovqatlantirishingiz, tagliklarini almashtirishingiz, sayrga olib chiqishingiz yoki uyquga yotqizishingizni ovozingizdan bilib olishadi.
Sizning suhbatingiz ularga kayfiyatingiz qandayligi va shaxsiyatingiz haqida ko’p narsalarni ko’rsatadi va shuningdek, ularning sizga bo’lgan munosabati ham farzandingiz haqida ko’p ma’lumotlarni beradi. Agar siz chaqalog’ingizga ko’tarinki yoki tasalli beruvchi tarzda gapirsangiz, ular jilmayishlari yoki kulishlari mumkin. Agar ularga baqirsangiz yoki jahl ohangida gapirsangiz, farzandingiz qo’rqib ketishlari yoki yig’lashlari ehtimolligi yuqori bo’ladi.
Bilib qo’ygan yaxshi: Bola najasida qon paydo bo’lsa, nima qilish kerak?
Bola qachon gapiradi? (Yosh bosqichlari)
Homiladorlikda ham chaqalog’ingiz eshitishini inobatga olsak, tug’ilgandan so’ng chaqaloq to’laqonli eshitish qobiliyatiga ega bo’ladi. Va chaqaloq o’sib, rivojlanib borar ekan bolaning yoshga mos eshitishi hamda unga javob reaksiyasi ham o’zgarib boradi. Biroq tovushlarga javob bermaydigan yoki til ko’nikmalari mos ravishda rivojlanmagan bolalarda eshitish muammolari mavjudligiga shubhalanish mumkin.
Quyidagi jadval «Bola qachon gapiradi?», deb qayg’uruvchi har bir ota-ona uchun mo’ljallangan bo’lib, unda bolangizda eshitish muammolari bor-yo’qligini aniqlashga yordam beradigan yoshga bog’liq ba’zi ma’lumotlar mavjud.
Nutq va eshitish bosqichlari
Tug’ilgandan 3 oygacha | Qattiq tovushlar chiqqanda qo’rqadi. Yumshoq tovushlar bilan tinchlanadi. Gapirayotganingizda bosh sizga qaratishga urunadi. Qattiq tovushlar va shovqin bo’lganda uyg’onadi. Muayyan, tanish ovozlarga javoban tabassum qiladi. Ovozingizni biladiganga, his qiladiganga o’xshaydi. |
4 oydan 6 oygacha | Yangi tovushga qaraydi yoki buriladi. «Yo’q» ga javob beradi va ovoz ohangini o’zgartiradi. O’z ovoziga taqlid qiladi. Ovoz chiqaradigan shovqin va boshqa o’yinchoqlardan zavqlanadi. Ovozlarni takrorlay boshlaydi (masalan, «ooh», «aah» va «ba-ba») Baland ovoz yoki shovqindan qo’rqib ketadi. |
7 oydan 12 oygacha | O’zining ismiga, telefon jiringlashiga yoki birovning ovoziga, hatto baland bo’lmasa ham javob beradi. Oddiy narsalar (masalan, «non» yoki «ona», «ota») va so’zlarni (masalan, «bu-bu, tu-tu») biladi. So’rovlarga javob berishni boshlaydi (masalan, «bu yoqqa kel») Kimdir ular haqida gapirganda, narsalar yoki rasmlarga qaraydi. Atiii-ko-kuuu kabi qiziqarli o’yinlarni yoqtiradi. Oddiy so’z va tovushlarga taqlid qiladi va bir nechta so’zlarni ma’noli ishlatishi mumkin. |
1 yildan 2 yilgacha | Imo-ishora bilan ko’rsatilganda 1 bosqichli buyruqlarga amal qiladi. O’rgangan so’zlarni tez-tez ishlatadi. 2-3 ta soʻzdan iborat boʻlgan gaplarda soʻrov uchun foydalanadi. Oy o’tgan sayin ko’proq so’zlarni ayta boshlaydi. So’ralganda tananing ba’zi qismlariga ishora qiladi. Oddiy «ha yoki yo’q» savollarini tushunadi (masalan, «Och qoldingizmi?») Oddiy iboralarni tushunadi (masalan, «kosada» yoki «stol ustida») O’qishdan zavqlanadi. «Hozir emas» va «endi yo’q» ni tushunadi O’lchamiga qarab narsalarni tanlaydi (masalan, katta yoki kichik) 2 bosqichli buyruqlarga amal qiladi (masalan, “Oyoq kiyimingni olib, yonimga kel”) Ko’p harakat so’zlarini tushunadi (masalan, yugurish yoki sakrash) |
Shuni yodda tutish kerakki, hamma bola bir xil emas. Bolalar turli yoshdagi marralarga turli vaqtda erishadilar. Farzandingizni eshitmayapti yoki gapirish ko’nikmalarida noaniqlik bor, deb o’ylasangiz, uni pediatr, LOR shifokori ko’rigidan o’tkazing.
Maqolani tayyorlashda stanfordchildrens.org hamda www.healthychildren.org ma’lumotlaridan foydalanildi va «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.