Kasalliklar

Homiladorlikda ajralmalar: normal va patologik o’zgarishlar

Homiladorlik hayajonli bo’lishi bilan birgalikda u davrdagi ko’pgina o’zgarishlarning qay biri normal va qaysi biri tashvishlanishga sabab bo’lganishini aniqlash har doim ham oson emas. Bunday o’zgarishlardan biri bu homiladorlikda ajralmalar ajralishi bo’lib, homiladorlik davrida uning yopishqoqligi yoki qalinligi, chastotasi va miqdori bilan o’zaro farq qilishi mumkin.

Homiladorlikning ilk belgilaridan biri vaginal ajralmaning ko’payishi bo’lib, bu homiladorlikning keyingi davrlarida ham davom etadi.

Oddiy, odatdagi qin ajralmasi, leykoreya deb nomlanadi, u shaffof yoki yorqin va hidsiz yoki nordon hidli bo’ladi. Vaginal ajralmalardagi o’zgarishlar urug’lanishdan bir-ikki hafta o’tgach, hatto hayz ko’rishdan oldin ham boshlanishi mumkin.

Homiladorlikning so’nggi haftalarida qin ajralmasi qonli chiziqlar bilan qalin shilimshiqsimon massani o’z ichiga olganligini ham sezishingiz mumkin, bu «tayyorgarlik» deb ataladi. Bu tug’ilishning dastlabki belgisi hisoblanadi hamda u tashvishlanishga asos bo’lmaydi.

Homiladorlikda ajralma xossasi o’zgarishiga sabab nima?

Qin ajalmasi gormonlar darajasining o’zgarishi tufayli miqdori, konsentratsiyasi va ba’zida rangi hamda hidi ham turlicha o’zgarishi mumkin.

Homiladorlik davri davomida bachadon bo’ynidagi o’zgarishlar vaginal ajralmaga ham ta’sir qiladi. Bachadon bo’yni va qin devori yumshashi bilan organizm tashqi infeksiyalarning oldini olishga yordam berish maqsadida ajralma ajralishini ko’paytiradi. Homiladorlikning oxirlarida chaqalog’ingizning boshi bachadon bo’yniga bosilishi hamda unga ta’sir etishi mumkin, bu ham ko’pincha homiladorlikda ajralmalar ajralishining ko’payishiga olib keladi.

Homiladorlikda ajralmalar rangi bo’yicha tavsifi

Vaginal ajralma rangi o’zgarishiga ko’ra, homilador ayolning tanasida nima sodir bo’layotgani haqida shifokorga birlamchi ma’lumot taqdim etishi mumkin. Agar homilador ayol o’z homiladorlik davrini «Lalu — Homiladorlik maktabi» kabi iishonchli ilovalar orqali kuzatib borsa, ajralmalarning qisqacha tavsifi haqida bilimlarga ega bo’lsa, bu vaqtida malakali tibbiy yordamga murojaat qilishga imkon yaratadi. Bu esa patologik holatlarda homila va ona salomatligiga xavf tug’diruvchi omillarning erta bartaraf etilishiga hamda onaning sog’lom bola dunyoga keltirishiga zamin bo’lib xizmat qiladi.

Vaginal ajralma uchun norma va patologiyani aniqlashda asosiy mezon sifatida ularning rangi muhim ahamiyatga ega.

1-4 hafta

Birinchi haftada qonli ajralma bo’lishi mumkin, bu aslida oxirgi hayzning so’ngidir. Ikkinchi hafta ovulyatsiya jarayoni boshlanganligini va urug’langan tuxum hujayraning bachadon devoriga yopishganligini ko’rsatadigan oq, bir oz pushti ajralma bilan tavsiflanadi. Tuxum hujayraning bachadonga birikishi paytida homiladorlik davrida ajralmaning rangi har doim ham qonli emas. Ular ko’pincha sarg’ish va krem kabi ifodalanadi. Homiladorlikning birinchi oyi oxirida yana qonli yoki jigarrang oqindi paydo bo’lishi mumkin. Agar ajralmalar mo’tadil bo’lsa, unda tashvishlanishga asos yo’q. Bu tanadagi gormonal o’zgarishlarning ko’rsatkichidir.

5-20 hafta

Har qanday pushti, jigarrang va qizil ajralmalar me’yor emas va o’z-o’zidan abort yoki yo’ldoshning erta ko’chishini anglatishi mumkin. Normada shaffof, yumshoq konsistensiyali va hidsiz yoki kam hidli ajralma bo’lishi kerak. Sarg’ish rang, shilimshiq, yashil dog’lar, juda yopishqoq oqindi (barmoqlar orasida cho’ziladigan), yoqimsiz hid yashirin jinsiy infeksiyalardan darak berishi mumkin.

20-40 hafta 

Faqat shaffo va hidsiz ajralmalar norma deb hisoblanadi. Qindan qonli shilimshiq ajralishi bachadon bo’yni shikastlanganligi yoki tug’ilishning ilk xabarchisi bo’lishi mumkin. Sarg’ish, yashil, nordon yoki yoqimsiz hidli, pufakchali shilimshiq genital infeksiyaning faol rivojlanishining belgisidir.

Homiladorlikdagi haftalik normal o’zgarishlar haqida ushbu maqola orqali ma’lumot olishingiz mumkin: Homiladorlik kalendari va taqvimi

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Har qanday g’ayritabiiy ajralma haqida shifokoringizga xabar berish juda ham muhimdir, chunki bu homiladorlik infeksiyasi belgisi yoki homiladorlik bilan bog’liq boshqa turli muammolarning ilk belgisi bo’lishi mumkin. Anormal ajralmaning ba’zi belgilari:

  • sariq, yashil yoki kul rang ajralma;
  • kuchli va yomon hidli;
  • qin atrofi qizarish, qichishish yoki shishishi bilan birga keladi.

Patologik ajralma biror infeksiyaning belgisi bo’lishi mumkin. Homiladorlik davrida zamburug’ infeksiyalari tez-tez uchraydi. Agar siz homiladorlik paytida ushbu infeksiyasi bilan duch kelsangiz, shifokor tomonidan vaginal kremlar ​​yoki shamchalar yordamida kompleks davo choralari tavsiya qilinishi mumkin. Zamburug’ infeksiyasi profilaktikasi uchun:

  • keng, havo o’tadigan kiyim kiying;
  • paxtadan tayyorlangan ichki kiyimlardan foydalaning;
  • dush, suzish yoki turli mashqdan keyin jinsiy a’zolaringizni quriting va quruqligiga ishonch hosil qiling;
  • qin mikroflorasini normallashtirish uchun taomnomangizga yogurt va qatiq kabi sut mahsulotlarini kiriting.

Homiladorlikda patologik ajralma jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar tufayli ham paydo bo’lishi mumkin. Bu davrda barcha homilador ayollar JYYK uchun tekshirilishi tavsiya etiladi. Agar o’zingizda JYYK bor deb hisoblasangiz, chaqaloqqa JYYK yuqish xavfini kamaytirish uchun shifokoringizga imkon qadar tezroq bu haqida xabar berish muhimdir.

Noodatiy ajralma homiladorlikdagi turli asoratlarni ham ko’rsatishi mumkin. Agar homilador ayolda 20-35 ml yorqin qizil ajralma ajralsa, darhol shifokorga murojaat qilish shart. Bu yo‘ldoshning past joylashuvi yoki yo’ldosh erta ko’chishi belgisi bo’lishi mumkin.

Homiladorlikda ajralmalar xarakteriga va undagi o’zgarishlar qachon boshlanganiga, xususiyatlarga e’tibor berib boring. Bu o’zingiz hamda homilangiz salomatligini nazorat qilib borishda, har qanday jiddiy patologik holatning oldini olishda, patolgik holatlarda shifokorga to’g’ri tashxislash hamda davolash rejasini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.

Foydali maqola: Homiladorlikda toksikoz va uni yengillashtirish usullari

Maqola Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmati, Helathline hamda Dobrobut.com ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

admin

Recent Posts

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki…

2 года ago

Homiladorlikda qon bosimi oshishi — turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga…

2 года ago

Chaqaloq qusishi — sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko'pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta…

2 года ago

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko'plab o'zgarishlar kuzatiladi. Bu o'zgarishlarni me'yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador…

2 года ago

Homiladorlik xolestazi kasalligi

Homiladorlikning jigar ichi xolestazi, odatda homiladorlik xolestazi deb ataladi, bu homiladorlikning oxirgi muddatlarida yuzaga keladigan…

2 года ago

Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?

Najasning eng tashvishli o'zgarishlaridan biri bu - uning odatdagidan boshqacha ko'rinishda bo'lishi sanaladi. Chaqaloq yoki…

2 года ago