Рубрики
Kasalliklar

Homiladorlikda bachadon tonusi oshishi


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Bachadon mushak to’qimasidan iborat va har qanday mushak bo’shashgan va tarang holatda bo’lishi mumkin. Homilador bo’lmagan ayolda, masalan, hayz paytida bachadon qisqaradi, tug’ruq paytida esa bu qisqarish chaqaloqning tug’ilishiga yordam beradi. Ushbu maqolamiz orqali bachadon tonusi normadan oshishi belgilari, sabablari va davolash usullari haqida to’xtalib o’tamiz.

Bachadon tonusi oshishi nima?

Bachadon tonusi oshishi homiladorlik davridagi patologiya bo’lib, u miometriy mushaklarining, ya’ni bachadonning mushak qatlamining uzoq muddatli kuchlanishida namoyon bo’ladi.

O’z-o’zidan, bu patologiya kasallik deb hisoblanmaydi, ammo mushaklar tonusi oshishi homiladorlikni erta to’xtatilishiga yoki erta tug’ilishga sabab bo’lganligi uchun xavfli hisoblanadi.

So’nggi paytlarda bachadon tonusi oshishi har ikkinchi homilador ayolda o’zini namoyon qiladi va, afsuski, ba’zi ayollar bunday patologiyaga katta ahamiyat bermaydilar, buni tabiiy holat deb hisoblaydilar, lekin bu ba’zan jiddiy oqibatlarga olib keladi, ba’zida esa kechiktirilgan oqibatlarni bartaraf etish imkonsiz.

Shuning uchun ayollarning bunday patologiyaga jiddiy e’tibor bilan yondoshib, davolashlari kerak.

Mushaklarning haddan tashqari spazmi homiladorlikning rivojlanishiga juda salbiy ta’sir qiladi:

  • embrionning endometriyga yopishishi qiyinlashadi;
  • normal yo’ldosh shakllanishida qiyinchiliklar paydo bo’ladi;
  • yo’ldoshning yoki uning qismining ko’chish xavfi rivojlanadi;
  • qon tomirlari siqiladi va homila yetarli kislorod ololmaydi, gipoksiya rivojlanadi;
  • ko’pincha bachadon tonusi yuqoriligi homila rivojlanishining kechikishi va turli xil anormalliklarning sababi bo’ladi.

Bachadon gipertonusi belgilari

Miyometriy mushaklarining kuchlanishining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • qorinning pastki qismida kuchlanish hissi;
  • qorinning pastki va pastki orqa qismida hayz paytida bo’lgani kabi og’riqli hislar;
  • homiladorlikning ikkinchi yarmida qorin qattiqlashishi, xuddi «tosh»dek qotishi;
  • homiladorlikning ikkinchi yarmida gipertoniklikni vizual ravishda ajratish mumkin: qorin bo’shlig’i siqilganga o’xshaydi, uning shakli o’zgaradi.

Ba’zida, ayniqsa homiladorlikning ilk davrlarida, ayol bachadon mushaklarining tonusini sezmasligi mumkin. Bunday holda, faqat shifokor tekshiruvlar orqaligina gipertonusni aniqlay oladi. Patologiya xavfini hisobga olgan holda, tug’ish muddatiga yaqin davrlarda shifokorga majburiy tarzda muntazam tashrif buyurgan holda homiladorlikni nazorat qilib borish lozim.

Homiladorlikdagi o’zingiz va homilangizdagi normal o’zgarishlarni kuzatib borish ham turli patologik o’zgarishlar belgilarini erta aniqlashga imkon beradi. Shunday ekan, mobil telefoningizga «Lalu — Homiladorlik maktabi» ilovasini yuklab oling va haftalik o’zgarishlar orqali holatingizni kuzatib boring.

Bachadon tonusi oshishi sabablari

Bachadon tonusi oshishi ko’plab sabablar tufayli yuzaga keladi. Aniq sababni topish muayyan davolash usulini tanlashda muhim ahamiyatga ega.

Ko’pincha quyidagi omillar ushbu patologiya yuzaga kelishiga sababchilar hisoblanadi:

  • homiladorlik davridagi gormonal buzilishlar;
  • ayol tanasi ba’zi hollarda homilani xavfli begona jism sifatida bilishi va uni rad etishga intilishi;
  • bachadonning nostandart tuzilishi;
  • ginekologik kasalliklar: endometrioz, mioma, tuxumdon kistalari;
  • ayolning ruhiy-psixologik holati: charchoq, uyqusizlik, stress;
  • avval o’tkazilgan abortlar, bachadondagi jarrohlik amaliyotlari;
  • magniy yetishmasligi;
  • homiladorlik davri oralig’ining kamligi;
  • zararli odatlar va noto’g’ri turmush tarzi.

Foydali maqola: Homiladorlikda nimalar mumkin emas?

Tashxislash

Bachadon tonusi oshishini imkon qadar tezroq tashxislash juda muhim, chunki homiladorlikning ijobiy tarzda kechishi ushbu holat bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Bachadon gipertonikligini aniqlashning bir nechta yo’li mavjud:

  • palpatsiya;
  • ultratovush tekshiruvi;
  • tonusometriya.

Agar tekshiruvlarda bachadon gipertonusi tasdiqlasa, patologiyaning sababini aniqlash uchun qo’shimcha laboratoriya tekshiruvlari buyuriladi.

Agar o’zingizda bachadon gipertonusi belgilarini his qilsangiz, darhol shifokorga boring, bachadon mushaklarining tonusi oshishiga nima sabab bo’layotganligini aniqlash uchun to’liq tekshiruvlardan o’ting.

Homiladorlikda bachadon tonusini davolash

Bachadon tonusi oshishini davolash uni keltirib chiqargan sabablarga bog’liq. Davolash tekshiruv natijalariga ko’ra belgilanib, shifokor tomonidan olib boriladi. Bachadon gipertonusi aniqlanganda homilador ayol, birinchi navbatda, yotoqda dam olishini ta’minlashi kerak.

  • Agar holat gormonal buzilishlar tufayli yuzaga kelsa, u holda homilador ayolga gormonal dorilar buyuriladi.
  • Agar homiladorlikda infeksiyalar yoki boshqa kasalliklar aniqlansa, ularni davolashga qaratilgan muolajalar amalga oshiriladi.
  • Agar bachadonning gipertonusi qon ivishining kuchayishi bilan bog’liq bo’lsa, u holda bemorga qonni suyultiruvchi dorilar buyuriladi.

Profilaktikasi

Ma’lumki, kasallikni davolashdan ko’ra uning rivojlanishini oldini olish maqsadga muvofiqdir. Bachadon tonusi oshishi patologiyasi profilaktikasida juda sodda va samarali choralar mavjud. Jumladan:

  • Homiladorlikka ehtiyotkorlik bilan tayyorlanish lozim: hayotning ushbu muhim davriga qadam qo’yishdan oldin barcha yuqumli va somatik kasalliklarni davolash, surunkali kasalliklar uchun tekshiruvdan o’tish shart.
  • Poliklinikada ro’yxatdan o’ting, muntazam ravishda shifokor qabuliga boring va tavsiyalariga amal qiling;
  • Kamida 8 soat uxlang, yaxshi ovqatlaning va stressli vaziyatlardan qochishga harakat qiling;
  • Jismoniy faollikda me’yorni saqlang, og’ir jismoniy ishlardan tiyiling;
  • Qondagi magniy darajasini nazorat qiling, vitamin komplekslarini qabul qilish bo’yicha mutaxassis bilan maslahatlashing;
  • Zararli odatlardan voz keching, kundalik tartib va ​​parhezga rioya qiling, jismoniy va ruhiy stressni kamaytiring.
  • «Lalu — Homiladorlik maktabi«ga qo’shiling hamda homiladorlik paytida o’zingiz va homilangizdagi normal o’zgarishlarni kuzatib, umumiy holatingizni nazorat qilib boring.

Ushbu maqola kp.ru va mcmedok.ru ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!