Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Salomatlik

Homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar

Homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar bu homiladorlikning normal qismidir va bu gormonal o’zgarishlar natijasida sodir bo’ladi. Ko’krakdagi o’zgarishlar homiladorlikdan bir hafta o’tgach, homiladorlikning ilk belgilari sifatida sodir bo’lishi mumkin va…

homiladorlikda ko'krakdagi o'zgarishlar

Homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar bu homiladorlikning normal qismidir va bu gormonal o’zgarishlar natijasida sodir bo’ladi. Ko’krakdagi o’zgarishlar homiladorlikdan bir hafta o’tgach, homiladorlikning ilk belgilari sifatida sodir bo’lishi mumkin va bu chaqaloq tug’ilgunga qadar yoki undan keyin ham davom etishi mumkin.

Ushbu maqoladagi har trimestrda biz eng ko’p uchraydigan ko’krakdagi o’zgarishlarni muhokama qilamiz. Shuningdek, homiladorlik paytida ko’krakda bo’ladigan ba’zi noqulayliklarni yengillashtirish bo’yicha ba’zi ma’lumotlarni siz bilan o’rtoqlashamiz.

Homiladorlikdagi haftalik o’zgarishlar haqida «Lalu» mobil ilovasi orqali ham kuzatib borishingiz, sizni homiladorlikning kelgusi haftasida qanday o’zgarishlar kutayotganini oldindan bilib borishingiz mumkin.

Mobil ilovani yuklab oling: https://bit.ly/lalu-app

Birinchi trimestrda ko’krakda bo’ladigan o’zgarishlar

Homiladorlikning 1-13- hafta oralig’ida quyidagi alomatlar bo’lishi mumkin:

Yumshoqlik va noqulaylik

Ko’krakning yumshoqligi bu ko’pincha homiladorlikning dastlabki belgilaridan biridir. Bu o’zgarishlar qondagi gormonlar darajasining ko’tarlishi va ko’krak to’qimalarida qon aylanishi yaxshilanishi tufayli yuzaga keladi.

Homiladorlikda ko’krak kattalashishi

Homilador bo’lganda, aynisa, birinchi homiladorlik paytida bir yoki ikki o’lchamda ko’krak hajmining oshishi bu odatiy holdir. Bu holat homiladorlikning dastlabki davridan boshlanishi mumkin va bu butun davr mobaynida davom etishi mumkin. Ko’krakning tez o’sishi uning terisning cho’zilishiga va qichishishiga olib keladi. Farzand tug’ilgandan keyin ham ko’krak hajmi kattalashishda davom etishi mumkin.

Ko’krakdagi ko’k tomirlar

Odatda, homiladorlik davrida qon hajmi 50% ga oshadi. Natijada, paydo bo’lgan ko’k tomirlar ayniqsa, ko’krak va oshqozon sohasida paydo bo’ladi. Bu tomirlar, qon va ozuqa moddalarni tanadagi rivojlanayotgan homilaga yetkazib berish uchun zarurdir.

Ikkinchi uch oylikda ko’krakdagi o’zgarishlar

Homiladorlikning ikkinchi uch oyligi 14-27-hafta oralig’ida bo’lib, bunda ko’krakda quyidagi o’zgarishlar bo’lishi mumkin:

Areolalar rangining to’qlashishi

Areolalar so’rg’ich atrofidagi rangli doiralardir. Ikkinchi va uchinchi uch oyliklarda areolalar hajmi kattalashadi va rangi to’qlashadi. Areolalarning to’qlashishi gromonal o’zgarishlar natijasi hisoblanadi. Ko’pincha areola emizishdan keyin homiladorlik holatidagi rangiga qaytadi , lekin u ba’zan avvalgisidan bir yoki ikki baravar quyuqroq bo’lib qoladi.

Areola zarbalari

Homiladorlik davrida areolalarda kichik hajmdagi shish paydo bo’ladi. Bular Montgomer trabekulalari deyilib, ular yog’ ishlab chiqaruvchi bezlar bo’lib, ko’krakni moylaydi va emizishni osonlashtiradi.

So’rg’ichlardan suyuqlik oqishi

Ba’zi homiladorlarda ikkinchi uch oylikda ko’krakdan oqmalar kelishi sezilishi mumkin. Boshqalarda esa bu holat uchinchi trimestrda yoki tug’ruqdan keyin bo’lishi mumkin. Oqma har qanday homiladorlik davrida paydo bo’lishi mumkin, lekin bu ko’krakda qo’zg’alish holati bo’lganda ko’payishi mumkin. Bu quyuq, sariq oqma yangi tug’ilgan chaqaloqlarning ko’krak suti bilan boqishning dastlabki bosqichlarida ishlab chiqariladigan, immunitetni oshiradigan suyuqlikdir.

Ko’krak shishi

Ko’krak shishi ba’zi homiladorlarga ta’sir qiladi. Odatda, bu shishlar tashvishlanish uchun sabab bo’lmaydi. Ular ko’pincha, sut yo’llariga tiqilib qolgan galaktosellar yoki ko’krakning yaxshi o’smalari, ya’ni fibroadenomalardir.

Albatta, bu kabi o’zgarishlarni oilaviy shifokor bilan muhokama qilish, kerak bo’lsa qo’shimcha tekshiruvlardan o’tish lozim.

Homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar: Uchinchi trimsetr

Bu 28-40-haftalari oralig’ida bo’lib, ko’krakda quyidagi o’zgarishlar yuzaga kelishi mumkin:

O’zgarishlarning davom etishi

Birinchi va ikkinchi uch oylikda sodir bo’lgan ko’pgina o’zgarishlar homiladorlikning oxirgi oylarida davom etadi. Ko’krak hajmi yanada kattalashishi va og’irlashishi mumkin, areola toq’lashishda davom etishi va “og’iz suti” muntazam ravishda kelishi mumkin.

Cho’zilish

To’qimalarning tez o’sishi terining cho’zilishiga olib keladi. Bu esa qizil chiziqlar va cho’zilish belgilarining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Ushbu qizil chiziqlar odatda, homiladorlikning 6 yoki 7 oylarida paydo bo’ladi, ammo ular bu vaqtdan oldin yoki keyin ham paydo b’lishi mumkin.

Sut ishlab chiqarish

Yangi tug’ilgan chaqaloqlarni ovqatlantirish paytida ko’krakda o’zgarishlar sodir bo’ladi. Biroq, homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’lmagan ayollar keyinchalik bolani oziqlantirish haqida tashvishlanmasliklari kerak. Homiladorlikdagi oqma va ko’krakdagi o’zgarishlar kelgusida onaning sut ishlab chiqarish yoki oziqlantirish qobiliyatini belgilab bermaydi.

Tug’ilgandan keyin yoki ba’zan undan oldin ko’kraklar oz miqdorda og’iz suti ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik chaqaloqning immunitetini oshirishga yordam beradi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning oshqozoni juda kichik va ularning ozuqaviy ehtiyojlarini qondirish uchun oz miqdorda og’iz suti yetarli hisoblanadi.

Emizish qobiliyatidan xavotirda bo’lgan har bir kishi shifokor yoki laktatsiya bo’yicha maslahatchidan yordam va tavsiyalar so’rashi lozim.

Foydali maqola: Mastit kasalligi

Noqulaylikni yengillashtirish usullari

Ko’pgina homiladorlar homiladorlik davrida ko’krakdagi o’zgarishlarga duch keladilar. Biroq, odamlarni ko’krakdagi o’zgarishlarini yoki undagi noqulayliklarni bartaraf etish yo’llaridan hamma ham xabardor emas:

Qachon shifokor bilan bog’lanish kerak?

Homiladorlik paytida yoki undan keyin ko’krakda bo’layotgan o’zgarishlardan xavotirda bo’lgan har qanday odam albatta, shifokor bilan suhbatlashishi kerak. Agar ko’krak bezida shish paydo bo’lsa yoki ko’krak uchlaridan og’iz sutiga o’xshamaydigan g’ayrioddiy oqmalar ishlab chiqarilsa, shifokorga murojaat qilish lozim.

Ushbu belgilar zararsiz bo’lishi mumkin, lekin shifokor bilan maslahatlashishingiz maqsadga muvofiqdir.

Tegishli maqola: Homiladorlikda ajralmalar: normal va patologik o’zgarishlar

Maqola Amerika homiladorlik assotsiatsiyasi va Healthline ma’lumotlari asosida Lalu jamoasi tomonidan o’zbek tilida tayyorlandi.


Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Salomatlik chaqaloq qayt qilishi

Chaqaloq qusishi – sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko’pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta bu muammo bo’layotganligini ko’rishingiz mumkin. Odatda, chaqaloq qusishi davolash…

Salomatlik molchnitsa

Og’iz bo’shligi kandidozi – molochnitsa

Kandida zamburug’i kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug’ infeksiyalarning bir turi hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i kandidozi (molochnitsa) deb nomlangan bu zamburug’ turi og’izda paydo bo’ladi va ichki…

Salomatlik homiladorlikda varikoz

Varikoz venalarining tug’ruqdan keyingi holati

Homiladorlikda varikoz venalar asosan homilador ayollarning oyoq qismlarida paydo boʻladi. Venalar kengayishi natijasida shishlar hosil bo’ladi. Natijada qichishishi, baʼzida esa ogʻriq paydo bo’lishi mumkin…