Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Gaz oshqozon yoki ichakdagi odatiy havo, biroq, baʼzan chaqaloqlar ichagida havoning to‘planib qolishi og‘riqli bo‘ladi. Chaqaloqlarning baʼzilarida qorin dam bo’lishi kuzatilib, ichagidagi gazlar chiqib ketmaguncha uxlay olmaydi, ayrimlari soatlab yig‘laydi.
Ushbu maqola orqali biz Sizga chaqaloqlarda gazning paydo bo‘lish sabablari, belgilari va to’planib qolgan gazni qanday chiqarish kerakligi xususida foydali maʼlumotlarni ulashamiz.
Deyarli barcha chaqaloqlarning organizmida gaz paydo bo’lib turadi. Gaz ovqat hazm qilish vaqtida havo kirganida, masalan, chaqaloq shisha so‘rg‘ichni so‘rib, havoni yutib yuborganda paydo bo‘ladi. Bolangizda qorni dam bo’lishi normal holat, xavotirga o‘rin yo‘q.
Bolalarning qorni dam bo’lishi sabablari qaysilar?
Havoni yutish (Aerofagiya)
Chaqaloqlarga ko‘krak noto‘g‘ri tutilsa yoki emizilsa, shisha so‘rg‘ichdan suyuqlik ichayotganda ular havoni yutib yuboradi. Bolalar ko‘p gapirishga harakat qilayotganda ham havoni yutib yuborishlari mumkin.
Haddan tashqari ko‘p yig‘lash
Chaqaloqlar yig‘layotganda ham havoni yutib yuborishadi. Agar gaz paydo bo‘lishiga farzandingizning yig‘lashi sabab bo‘lsa, bola tinchlangandan so‘ng yana hammasi o‘z o‘rniga tushib ketadi.
Foydali: Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi
Ovqat hazm qilish muammolari
Chaqaloqlarning ichi qotganda yaʼni ovqat hazm qilishda muammolar bo‘lsa bolalar organizmida gaz to‘planib qoladi.
Bolalarda hazm qilish traktini to’liq yetilmaganligi
Hazm fermentlarining yetarli bo’lmaganligi hisobiga, to’liq hazm bo’lmagan oziq-ovqat mahsulotlari mikroorganizmlar tomonidan parchalanadi va gaz paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Oshqozon-ichak viruslari
B’azan viruslar hazm tizimidagi muammolarga sabab bo’ladi:
- gaz to’planishi;
- qayt qilish;
- ich ketishi.
Yangi oziq-ovqat mahsulotlari
Yangi taomlar bilan oziqlantirilganida, qattiq ovqat isteʼmol qiladigan katta yoshdagi bolalarda yangi ovqatlar bilan oziqlanish natijasida gaz to‘planib qoladi. Baʼzi chaqaloqlarda kuzatilayotgan tez-tez gaz to‘planib qolish holatlari, bolalarning oziq-ovqatga sezgirligining belgisi bo‘lishi mumkin.
Foydali maqola: Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerak?
Qorin dam bo’lishi profilaktikasi
Bolalarning ichagidan gazlarni tezroq chiqarib yuborishda uy sharoitida bajariladigan mashqlar yordam beradi:
- bolalarning oyoqlarini aylana bo‘ylab harakatlantirishga undash;
- chaqaloqni orqa tomoniga yotqizib, tizzalarini bukib, oyoqlarini ko‘tarishi;
- bolaning boshini oshqozonidan yuqoriga ehtiyotkorlik bilan ko‘tarish, shuningdek, tik holatda ushlab turish;
- mashinada bolalarni sayr qildirish — agar chaqaloq mashinada yurishni yaxshi ko‘rsa, bu bolani sayr qilishga bevosita ko‘maklashadi. Mashinadagi yumshoq tebranish og‘riqni yengillashtirishi va chaqaloqni tinchlantirishi mumkin;
- chaqaloqlarni belash — yangi tug’ulgan chaqaloqlarni belash, gazlardan qutulishga yordam beradi. Lekin bu holat hamma chaqaloqlarga ham yoqmasligi mumkin;
- bola yuzini pastga qaratib ko‘tarish — chaqaloqlarni ko‘tarayotganda yuzini yuqoriga qaratmasdan ushlab turishlari ham bola tanasidan gazlarni tezroq chiqib ketishiga yordam berishi mumkin. Bolaning boshini ehtiyotkorlik bilan biroz ko‘tarish, chaqaloqning yuzini yoki burnini hech narsa qoplab qolmaganiga ishonch hosil qilish kerak;
- kichkintoy qorinchasini massaj qilish — bolaning oshqozonini muloyimlik bilan silash gazni chiqib ketishini yengillashtiradi. Onalar farzandlarining qorinchasini soat yo‘nalishi bo‘yicha yoki soat sohasidan farqli o‘laroq yumshoq harakatlar bilan pastga bosishga urinib ko‘rishi mumkin, bu chaqaloqning reaksiyasi orqali bosimni boshqarishga imkon beradi;
- qorni bilan yotqizish — kichkintoylar uyg‘oq va nazorat ostida bo‘lgan vaqtlarida qorni bilan yotqizishdan foydalanishlari mumkin. Qorni bilan yotqizish orqali bolalarda to‘plangan gazni bo‘shatish osonlashadi. Bundan tashqari, bu harakatlar bolalarning yuqori tana mushaklarini kuchaytiradi va boshini ko‘tarishga undaydi;
- gaz havdovchi tomchilarni berish — simetikon gaz havdovchi tomchilari baʼzi chaqaloqlarga havo pufakchalarini tez chiqib ketishiga samarali yordam beradi. Ota-onalar bolalariga belgilangan dozada kun davomida simetikon gaz havdovchi tomchilarini 4 martagacha berishlari mumkin;
- tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, probiotik qo‘shimchalar ichak mikroorganizmlarini muvozanatlash orqali chaqaloqlar ichagida havo to‘planib qolishini oldini oladi. Onalar birinchi galda pediatr bilan maslahatlashib, so‘ng bolaga probiotiklar berishi mumkin.
Muhim: Chaqaloqlarda issiqlik toshmasi
Agar siz uy sharoitida farzandingizga yordam bera olmasangiz, shifokorlar ko‘magidan foydalanishingizga to‘g‘ri keladi.
Ushbu maqola www.nhs.uk hamda www.chop.edu ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.