Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Homiladorlik istaklari yoki homiladorlikda boshqorong’ulik deyarli barcha ayollarda juda tez-tez uchraydi (tuzlangan bodring va sovuq haroratda muzqaymoq isteʼmol qilishni xohlash kabi). Farzand kutayotgan onalar oziq-ovqatlarni tanlab isteʼmol qilishi odatiy hol.
Tadqiqotchilarning fikricha, bo‘lajak onalar tug‘ilajak bolalarining istaklari, organizm talab etayotgan mahsulotni yeyishni istagani sabab ovqat tanlaydi degan xulosani bersa, ayrim tadqiqotchilar bu jarayonni osonlik bilan tushuntirish qiyin ekanini taʼkidlashadi.
Agar Sizda ham taomlarni tanlab isteʼmol qilish xohishi bo‘lsa, istaklaringizga xayrixoh bo‘ling, biroq, meʼyorni unutmang. Ammo, Siz tanovul qilmoqchi bo‘lgan mahsulot tug‘ilajak farzandingiz uchun zarar olib kelish ehtimoli bo‘lsa (misol uchun, ko‘p miqdorda muz, kesak va nordon mahsulotlar) shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Homilador ayollar bunday xohish-istaklarning ko‘pi kutilmaganda paydo bo‘lgandek tuyilishini aytishadi, aslidachi bunga sabab nima?
Gormonlar. Bu qisman to‘g‘ri javob. Homiladorlik davrida ayollardagi gormonal o‘zgarishlar taʼm va hid bilishga katta taʼsir ko‘rsatadi. (Bu qisqa muddatli jarayonni boshdan kechirayotgan ayollarda nima sababdan oziq-ovqatga bo‘lgan xohish va nafratlanishni anglashingizda yordam bo‘ladi).
Biroq, umumiy xulosa ayollarning homiladorlik davridagi injiqliklari, xohish-istaklarini birlashtirib turuvchi umumiy faktor yo‘q va buning sababini hech kim aniq bilmaydi.
Qiziqarli: Homiladorlikda qorinda bo’ladigan o’zgarishlar
Homiladorlikda boshqorong’ulik qachon boshlanadi?
Homiladorlik davrida ayollarda istak-xohishlarning kechishi bir-birini takrorlamaydi, yaʼni u individual kechadigan jarayon. Baʼzi ayollarda homiladorlik davri davomida hech qanday istak-xohishlar uchramaydi.
Homilador ayollarda boshqorong’ulik asosan, homilaning birinchi va ikkinchi uch oyligida kuchayadi. Bola dunyoga kelgach biroz vaqtdan so‘ng onaning injiqliklari va xohishlari odatdagidek davom etadi.
Homilaning birinchi oyida ayollarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan muammolar yuzaga keladi. Ko‘p hollarda ayollar o‘zlariga maʼqul kelmagan taomlarni isteʼmol qilish tugul, hatto hidlashga ham toqat qilmaydi. Bunday vaziyat xohish-istakdan tubdan farq qiladi. Homilador ayollar bu davrda ovqatlarni isteʼmol qilishdan voz kechishadi.
Homilaning 5 yoki 6 haftasida erta tongdan qayt qilish orqali mahsulotlar ularning organizmiga maʼqul kelmaganini ifodalaydilar.
Muhim: Homiladorlik davrida teridagi o‘zgarishlar
Homiladorlik xohish-istaklari nimani anglatadi?
Sog‘lom ovqatlanish mutaxassislari va sog‘liqni saqlash mentorlarining fikricha, homiladorlik davridagi xohish-istaklar inson hayotidagi psixologik jarayonlar bilan bog‘liq.
Masalan, homilador ayollarning ko‘p miqdorda muz va odatiy bo‘lmagan oziq-ovqat moddalari, kir yuvish kraxmali, kesakni isteʼmol qilishlari, ayol organizmida temir yoki rux tanqisligi bilan bog‘liq ekanini, shuningdek, oilaviy munosabatlarda dilxiraliklar borligini ifodalaydi degan xulosani berishadi.
Umumiy xulosa shuki, mutaxassislar homiladorlik davridagi xohish istaklarga eʼtibor berish barobarida, meʼyorni taʼminlashni maslahat beradi. «Sog‘lom diyeta — bu sizning hissiy va jismoniy ehtiyojlaringizga, shuningdek, organizmingizning istaklariga javob beradigan ovqatlanishdir» – deydi mutaxassislar.
Shirinliklarni isteʼmol qilishdagi istaklar glyukozaning pasayishi natijasi, shuning uchun oz-ozdan tez-tez ovqatlanish shakarni ko‘p isteʼmol qilmaslikka yordam beradi.
Har kuni erta tongda nonushta qilish (nonushtani o‘tkazib yuborish ishtahani kuchaytirishi mumkin), kunlik jismoniy mashq qilish va psixologik ko‘mak olish orqali ayollar zararli xohish-istaklaridan voz kechishi mumkin.
Foydali maqola: Homiladorlikda nimalar mumkin emas? Eng zararli 11 mahsulot
Agar Sizda odatiy oziq-ovqat mahsulotlaridan farq qiluvchi mahsulotlarni isteʼmol qilish istagi bo‘lsa, shifokoringiz bilan maslahatlashib oling. Chunki homilador ayollarning uchdan bir qismida bu jarayon kuzatiladi.