Рубрики
Kasalliklar

Birinchi trimestrda qon ketishi sabablari va davolash usullari


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Ko’pgina homilador ayollarda homiladorlik boshlanishi bilan ya’ni birinchi trimestr davomida qon ketishi va qonli dog’lar kuzatiladi. Biroq, homiladorlikda qon kelishi yoki dog’lanishning hammasi ham birinchi trimestrda xavfli emas, ammo tibbiy jihatdan uni baholash juda muhim ahamiyatga ega. Shifokorlar birinchi uch oylikda qon ketish sabablarini turli tahlil va tekshiruvlar natijasida aniqlashlari mumkin. Ular homiladorlikda qon ketish sababini aniqlaganlaridan so’ng davolash va buni boshqarish yo’llarini ishlab chiqishadi.

Homiladorlikda qon ketishi sabablari

Homilador ayollarning deyarli 15-25 %i birinchi uch oylikda qon ketish holatini boshdan kechiradilar.

Birinchi uch oylikda qon ketishning sabablari:

  • Implantatsiyadan qon ketishi;
  • Subxorionik qon ketish;
  • Homilani erta yo’qotish;
  • Infeksiyalar va yallig’lanish;
  • Ektopik homiladorlik.

Birinchi uch oylikda qon ketishi sabablari haqida ko’proq ma’lumot olish uchun quyidagilarni o’qing:

Implantatsiyadan qon ketishi

Urug’langan tuxum endometriyga o’rnashgandan keyin 1-2 hafta o’tgach yengil qon kelishi mumkin. Bu keng tarqalgan simptom implantatsiyadan qon ketishi sifatida tanilgan va bu tashvishlanishga sabab bo’lmaydi.

Subkorionik qon ketish

Subxorionik qon ketish xorion va bachadon devori o’rtasida qon ketish sodir bo’lganda yuzaga keladi. Xorion bu bachadon devorida joylashgan, embrionni o’rab turadigan membranadir. Xorion oxir-oqibat plasentani hosil qiladi.

Homiladorlikda subxorionik qon kelishi tashxisi odatda, ultratovush tekshiruv paytida namoyon bo’ladi. Bu holat hatto asoratsiz bo’lgan homiladorlikka ham ta’sir qilishi mumkin. Erta homiladorlik davrida subxorionik qon ketish erta tug’ilish va spontan abort xavfini oshirishi mumkin.

Homilani erta yo’qotish

Shifokorlar homilaning erta yo’qolishini «yashay olmagan homiladorlik» deb atashadi. Odamlar bu holatni o’z-o’zidan bo’lgan abort yoki bola tashlash deb atashishadi.

Erta homiladorlikning yo’qolishining bir qancha sabablari bor. Birinchi trimestrdagi ba’zi umumiy sabablar quyidagilar:

  • Ektopik homiladorlik;
  • Homiladorlikning trofoblastik kasalligi;
  • Anembrion homiladorlik;
  • Tugallanmagan abort;
  • Infeksiyalar va boshqalar.

Homiladorlikda qon ketishi belgilari

Implantatsiyadan qon ketishda yengil qon ketish yoki boshqa alomatlarsiz qon ketish holatlari kelib chiqadi. Ba’zan homilador ayollar implantatsion qon ketganda hayz sikli buzilishi deb xato o’ylashadi, chunki bu holat hayz ko’rish kutilayotgan muddatda yoki shu muddat atrofida sodir bo’lishi mumkin.

Homilani erta yo’qotish bilan qon ketish kuzatilganda ayollarda boshqa alomatlar ham yuzaga kelishi mumkin, masalan, bachadon tortishib og’rishlari. Homilani erta yo’qotishning yana bir kam uchraydigan belgisi ko’ngil aynishi kabi umumiy homiladorlik belgisi yo’qolishidir.

Agar homiladorlikning birinchi uch oyligida qindan qon ketishiga infeksiya omili sabab bo’lsa, bunda ayollarda isitma, siyish paytida qiyinchilik yoki og’riq, qin va uning atrofida yumshoqlik hissi paydo bo’lishi mumkin.

Ektopik homilador bo’lgan ayollarga tibbiy yordam judayam zarur. Ular boshdan kechirishi mumkin bo’lgan belgilarga yelkada og’riq, ichaklarda tovushning yo’qolishi va qorin bo’shligini kengayishi kiradi.

Davolash

Implantatsiyadan qon ketish davolanishni talab qilmaydi, chunki bu holat birinchi uch oylikda bo’ladigan normal holat bo’lib, asorat qoldirmaydi.

Birinchi uch oylikda sodir bo’lgan homila yo’qotish holati o’z-o’zidan va hech qanday aralashuvsiz sodir bo’ladi. Shu bilan bir qatorda bu kutilayotgan va ko’rilayotgan homilada o’z-o’zidan abort holati bo’lishini o’z ichiga oladi.

Shu sababdan, homiladorlikda qon kelishi holati kuzatilayotgan homilador ayol ginekolog shifokor bilan ushbu holatni muhokama qilishi, zaruriy tekshiruvlardan o’tishi lozim.

Muhim: Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Birinchi trimetrda yoki homiladorlikning istalgan davrida qon ketish holati bo’layotgan ayollar albatta, shifokorga murojaat qilishlari kerak. Ehtimol, shifokor qonni tahlil qilishga buyuradi va qon ketish sabablarini aniqlash uchun qin tekshiruvlarini o’tkazadi.

Qon ketish har doim ham homila yo’qotilganligini ko’rsatmaydi. Agar shifokor homilarda biror asorat yuzaga kelishidan shubhalansa, ular birgalikda tegishli davolash usullarini muhokama qiladilar, bu homiladorlikni nazorat qilib borish, farzand tug’ilishini ehtiyotkorlik bilan kutish, dori-darmonlar yoki operatsiya amaliyotini o’z ichiga olishi mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, birinchi uch oylikda yengil qon ketish odatiy holdir. Shu bilan birga ba’zi hollarda qon ketish homilani erta yo’qotilishini ko’rsatishi mumkin. Bunday hollarda shifokorlar birinchi navbatda qon ketish sababini aniqlaydilar. Qon ketishning ba’zi ko’rinishlari xavfli emas, masalan, implantatsiyadan qon ketishi. Qindan qon ketishining boshqa sabablari, shuningdek, subxorionik qon ketishlari esa maxsus tekshiruvni talab qiladi.

Homiladorlik muammolari: Homiladorlikda bachadon tonusi oshishi

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!