Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Homiladorlikda suvsizlanish boshqa davrlarga qaraganda tez-tez uchraydigan salbiy holatlardann biri hisoblanadi. Bu davrda suvsizlanish aksariyat holatlarda yengil bo‘ladi, ammo ba’zida kuchli suvsizlanish kuzatilib, u ona va chaqaloq salomatligi uchun jiddiy xavf tug’dirishi mumkin.
Homila ayol tanasiga jiddiy talablar qo‘yadi va homilador ayollar qo‘shimcha ozuqaviy moddalar isteʼmol qilishlari kerak. Toksikoz, shuningdek, ko‘p qayt qilishga sabab bo‘layotgan holatlari ham suvsizlanish yuzaga kelishida muhim rol o‘ynaydi.
Homiladorlikda suvsizlanish belgilari
Odatda suvsizlanishni birinchi belgisi — chanqash.
Terlagandan keyin chanqagan, issiqda uzoq vaqt o‘tkazgan odamlar yoki uzoq vaqt mobaynida suvsiz qolgan insonda, ayniqsa suvsizlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Suvsizlanishning boshqa belgilari quyidagilardir:
- tomoq yoki og‘iz qurishi;
- quruq va yorilgan lablar;
- quruq ko‘rinishdagi teri;
- ko‘zda quruqlik hissi;
- yupqa va suyakka yopishib ketgan teri;
- o‘tkir rangli peshob;
- kam-kam peshob chiqarish;
- issiq havoda ham hattoki terlamaslik;
- kuchsiz va charchagandek his qilish;
- ich qotishi, qattiq axlat chiqarish va gemoroy;
- holsiz, uyquchanlik.
Baʼzi bir homilador ayollar suvsizlanishni his qilganda bachadon qisqarishi holatini boshidan o‘tkazadi.
Suvsizlanish kuchayganda chanqoqlik hissi yo‘qolishi mumkin. Homiladorlik davri davomida kuchli suvsizlanishning baʼzi belgilari quyidagilar:
- bosh aylanishi va sarosima;
- yurakni tez-tez urishi;
- chaqaloqning harakatlanishini o‘zgarishi;
- bosh aylanishi yoki hushidan ketishga sabab bo‘ladigan past qon bosimi;
Kuchli suvsizlanish tushkunlik va organizmlarni shikastlanishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Bu holat esa, chaqaloqqa ham zarar yetkazishi mumkin.
Homiladorlikda suvsizlanish sabablari
Suvsizlanish sabablari 2 ta umumiy toifaga bo‘linadi:
Yetarli miqdorda suv ichmaslik
Insonlarni bir kunda qancha miqdorda suv ichishi haqida ko‘plab tavsiyalar bo‘lishiga qaramasdan, insonning suvga bo‘lgan ehtiyoji bir-biridan farq qiladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, homiladorlik ayol tanasiga qo‘shimcha ehtiyojlarni qo‘yadi. Shu sababli ayollar, odatda, oldingi homiladorlik davridan ko‘ra shu homiladorlik davrida ko‘proq suv ichishi kerak.
Yetarli miqdorda suvni o’zlashtirmaslik
Baʼzi tibbiy holatlarda, ayniqsa, qayt qilish va diareya (ich ketishi) tananing yetarli miqdorda suv o’zlashtirishi qiyinlashadi.
Homiladorlik davrida ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari boshqa davrlarga nisbatan tez-tez uchraydi. Homiladorlikning 3% ida uchraydigan eklampsiya bilan kasallangan ayollar jiddiy vazn yo‘qotish va suvsizlanishga olib keladigan jiddiy qayt qilish holatini boshidan kechirishi mumkin.
Boshqa sog‘liq muammolari, ayniqsa, metabolizmga taʼsir qiladigan holatlar homiladorlidka suvsizlanish holatini keltirib chiqaradi. Bular quyidagilar :
- buyrak kasalliklari;
- baʼzi bir kam uchraydigan metabolizm bilan bog’liq kasalliklar.
Qiziqarli:
Homiladorlik paytida har kuni 8-12 stakan (1,8-2.7 litr) suv ichish kerak. Suv homiladorlikda foydali hisoblanadi. U ovqat hazm qilishga hamda homila amniotik suyuqlik hosil bo’lishiga yordam beradi. Suv, shuningdek, ozuqa moddalarining tanada aylanishida xizmat qiladi.
Asoratlari
Homiladorlikda yengil suvsizlanish odatda xavfli bo‘lmaydi, chunki ayol tezda yetarli suyuqlikni tanasiga yetkazib bera oladi, ammo kuchli suvsizlanish nafaqat ona hayoti, balki chaqaloq hayoti uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin.
Suvsizlanish amniotik suyuqlik miqdorining kamayishiga olib keladi. Bu esa bolaning rivojlanishiga taʼsir o‘tkazishi, erta tug‘ilishiga olib kelishi va ona suti xususiyatiga taʼsir etishi mumkin. Suvsizlanish homilador ayol va rivojlanayotgan chaqaloqning salomatligi uchun muhim bo‘lgan ozuqa moddalarining yetishmasligiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Qanday hollarda shifokorga murojaat qilish kerak?
Suvsizlanishning jiddiy yoki yengil ekanligiga o‘z-o‘zidan oydinlik kiritish qiyin.
Agar ichimlik suvi yoki elektrolitli ichimlik suvlari bu holatni tezda yaxshilashga yordam bermasa, darhol shifokorga murojaat qiling. Homilador ayollar quyidagi hollarda suvsizlanish tufayli shifokor ko’rigiga borishi lozim:
- ayol chaqaloqning harakatlari o‘zgarganini his qilganda;
- qon ketishi yoki suyuqlik oqishi boshlanganda;
- erta tug‘ilish belgisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan qisqarishlarni boshdan kechirganda;
- 12 soatdan ortiq qayt qilish yoki diareya bo‘lganda;
- suyuqlik ichishiga qaramasdan, issiq havoda ham terlamaganda;
- juda kam yoki umuman siydik chiqarmasa;
- hushidan ketish yoki o’ta kuchsiz his qilganda.
Eklampsiya yoki boshqa kasalliklari bor bo‘lgan ayollar kasalxonaga borish vaqti kelganida shifokor bilan maslahatlashishi kerak. Agarda shifokor ayolning alomatlari shoshilinch tibbiy yordamga ko‘rsatish kerak deb taxmin qilsa, darhol shoshilinch yordamga murojaat qilishlari lozim.
Foydali maqola: Homiladorlikda kamqonlik (anemiya)
Suvsizlanishini oldini olish uchun
Suvsizlanishni oldini olish uchun siydik tiniq yoki juda och sariq rangga aylanmaguncha suyuqlik isteʼmol qiling. Suv idishini doim o‘zingiz bilan olib yuring va tez-tez suv, suyuqlik ichib turing.
Ko‘p jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan, juda issiq havoda tashqarida ko‘p vaqt sarflaydigan ayollar suyuqlikni nisbatan ko‘proq isteʼmol qilishlari kerak.
Maqola Amerika akusherlik va ginekologiya kolleji hamda Medicalnewstoday ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.