Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Kasalliklar

Homiladorlikda peshob tarkibida oqsil boʻlishi

Buyraklar har doim juda faol ishlaydigan, deyarli dam olmaydigan aʼzolardan biridir. Homiladorlik davrida esa bu ish kuchi yanada ortadi. Buyrakning asosiy vazifalaridan biri — qon tarkibidagi organizm uchun…

siydikda oqsil

Buyraklar har doim juda faol ishlaydigan, deyarli dam olmaydigan aʼzolardan biridir. Homiladorlik davrida esa bu ish kuchi yanada ortadi. Buyrakning asosiy vazifalaridan biri — qon tarkibidagi organizm uchun kerakli moddalarni ushlab qolib, masalan oqsillarni, qolgan chiqindi moddalarni siydik orqali chiqarib yuborish. Agar oqsil organizmda qolmasdan siydik orqali tashqariga chiqib ketayotgan boʻlsa, ya’ni tahlilda siydikda oqsil aniqlansa, bu buyrakda qandaydir muammo borligini bildiradi.

Homiladorlikdan boshqa paytlarda ham siydikdagi oqsil miqdori vaqtincha koʻpayib ketishi mumkin. Bunga quyidagi vaziyatlar sabab bo‘ladi:

Bunda tashqari siydikdagi oqsil miqdori koʻpayishi boshqa holatlarni belgisi boʻlishi ehtimoli ham bor.

Homila 20 hafta boʻlmasidan oldin ham siydikda oqsil miqdori koʻp boʻlsa, bu surunkali proteinuriya (siydik tarkibida oqsil koʻp boʻlishi) mumkin.

Surunkali proteinuriya buyrak bilan bogʻliq asosiy muammolar sababli yoki homiladorlik davriga umuman aloqasi boʻlmagan sogʻliqdagi muammolar, masalan, yurak kasalliklari oqibatida paydo boʻlgan boʻlishi mumkin. Turli siydik yoʻli infeksiyalari siydikdagi oqsil miqdorini oshirishi mumkin. Bunday holatda albatta davolanishni boshlash talab qilinadi.

Homila 20 haftalikdan oʻtgandan soʻng ham siydikda oqsil miqdori koʻp boʻlsa, doktorlar bu holatni yuqori qon bosimi belgisi sifatida belgilashadi. Qon bosimining oshishi barcha organlarga, asosan, jigar va buyrak salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Gemoliz — jigar fermentlarining koʻpayishi va trombotsitlar sonining pastligi sindromi preeklampsiyaga oʻxshagan, hatto uning ogʻirroq shakli boʻlib, oʻzi alohida yoki preeklampsiya bilan birga rivojlanadi.

Agar bu kasallik vaqtida davolanmasa, ayol va homila sogʻligʻiga jiddiy taʼsir qilishi mumkin.

Homiladorlikda siydikda oqsil koʻp boʻlishi qanday xavfli omillarni keltirib chiqaradi?

Birinchidan, homiladorlik davrida boshqa paytdagiga nisbatan siydikka koʻproq oqsil chiqarilishi normal holatligini tushunib olish kerak. Masalan, homiladorlikdan oldin kuniga siydik tarkibidagi oqsil 150 milligram/sutka(mg/s) boʻlsa, homiladorlik davrida bu ikki barobarga oshadi yaʼni kuniga 300 mg/s boʻladi.

Homiladorlik davrida qon hajmi ortganligi sababli buyrak odatdagidan koʻproq ishlashiga toʻgʻri keladi. Bundan kelib chiqadiki, siydikdagi oqsilning koʻpayishiga aslida homiladorlik davri sabab boʻladi.

Homiladorlikdan oldin ham surunkali kasalliklarga chalingan boʻlsangiz yoki oila tarixida (genda) jigar yoki buyrak kasalliklari kuzatilgan boʻlsa, bu sizga ham taʼsir qilishi mumkin.

Oila tarixida (genda) homiladorlik davrida preeklampsiya (yuqori qon bosimi) boshidan kechirgan ayollar boʻlsa, oldingi farzandlaringizga homiladorlik paytingizda ham xuddi shunday holat boʻlgan boʻlsa, yoki 35 yoshdan oʻtgandan keyin homilador boʻlgan boʻlsangiz va bu sizning birinchi tugʻishingiz boʻlsa bularning barchasi preeklampsiyani keltirib chiqaruvchi xavf omillarini oʻz ichiga oladi.

Homiladorlik davrida siydikda oqsil koʻpayganini qanday belgilar orqali bilish mumkin?

Homiladorlik davrida siydikda oqsil miqdori kuniga 300 mg/s dan  ortishi yuqori deb hisoblanadi. Bundan tashqari, siz siydikda oqsil koʻpayganini sezishingiz yoki sezmasligingiz mumkin. Hattoki, tugʻruqdan keyin siydik analiz topshirmaguningizgacha sizda oqsil koʻpayib ketganini umuman payqamasligingiz ham mumkin.

Siydikda oqsil koʻpayishi buyrak kasalliklarini keltirib chiqaradigan quyidagi alomatlarga oʻxshash boʻlishi mumkin:

Shu kasallik bilan birgalikda paydo boʻlgan qaysi omillar xavfliligi haqida

Siydikda oqsilni normadan ortib ketishini boshqa bir jiddiy sabablari va qoʻshimcha belgilari bor.

Preeklampsiya (qon bosimi oshishi) belgilariga quyidagilar kiradi:

Homiladorlik paytida semirish normal holat hisoblansa-da, agar toʻsatdan birdaniga semirib ketsangiz doktorga murojaat qiling.

Bir hafta ichida bir necha kilogrammga semirish yoki yuz, qoʻllardagi shishlar xavf omillaridan hisoblanadi.

Davolash usullari

Siydikdagi oqsil miqdorini doimiy nazorat qilib borish, agar koʻpayib ketsa holatga qarab davolash usullarini qoʻllash mumkin.

Homiladorlikning dastlabki davrida sizdagi surunkali kasalliklar sababli muammolar paydo boʻlsa, oʻzingiz va tugʻilajak bolangizga zarar yetkazmaydigan davolash usullarini doktor bilan maslahatlashgan holda qoʻllang.

Siydik chiqarish yoʻllarining infeksiyalarini antibiotiklar yordamida xavfsiz davolash mumkin. Boshqa asoratlar boʻlsa ularni doim nazorat qilib tekshirib turish kerak boʻladi. Bunda siz akusher va ginekologlardan boshqa mutaxassislar koʻrigidan ham oʻtishingizga toʻgʻri keladi.

Boshqa muolajalar:

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Kasalliklar chaqaloqni ovutish kolika

Kolika: Chaqaloq yig’lashi sababchisi

Kolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki 6 haftaligida eng koʻp kuzatiladi. Odatda 3-4 oylik vaqtida…

Kasalliklar homiladorlikda qon bosimi oshishi

Homiladorlikda qon bosimi oshishi – turlari va profilaktikasi

Homiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga ko’proq ta’sir etadi. Agar u davolanmasa, kasallik o’zining va…

Kasalliklar homiladorlikda siydikda qon

Homiladorlikda siydikda qon bo’lishi

Homiladorlik shunday davrki, unda ko’plab o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlarni me’yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador ayoldan ma’suliyat, shifokordan esa, bilim va malaka talab qiladi.…