Рубрики
Kasalliklar

Erta tug’ruq — belgilari, sabablari va oldini olish usullari


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Erta tug’ruq yoki erta tug’ilish — homiladorlikning 37-haftasi boshlanishidan oldin erta boshlangan tug’ruqdir.

Ko’pgina sog’lom chaqaloqlar muddatidan oldin tug’iladi. Biroq, umuman olganda, chaqaloq qanchalik erta tug’ilsa, unda sog’liq bilan bog’liq muamolar yuzaga keladi va kasalxonada uzoqroq qolish zaruriyati yuqori bo’ladi.

Erta tug’ruq belgilari

Mart Dimes hisobotiga ko’ra, quyidagilar erta tug’ruq belgilari bo’lishi mumkin:

  • odatdagidan ko’proq vaginal ajralmalar;
  • ajralmadagi o’zgarishlar, qonli, suvli yoki shilimshiq bo’lishi mumkin;
  • tos sohasida yoki qorinning pastki qismida og’riq;
  • belning pastki qismida og’riq, ayniqsa, doimiy bo’lsa;
  • diareya bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qorin spazmlari;
  • muntazam yoki tez-tez bo’lgan og’riqli qisqarishlar;
  • suv ketishi;

Ushbu belgilarning bir yoki bir nechtasini sezgan har bir kishi darhol shifokor bilan bog’lanishi yoki darhol shifoxonaga borishi kerak.

Foydali: Tug’ruq alomatlari

Erta tug’ruq sabablari

Shifokorlar ba’zida tug’ruq nima uchun erta boshlanganligini ayta olishmaydi. Umuman olganda, bu keng ko’lamdagi xavfli omillarni chaqirishi mumkin.

Umumiy xavf omillari

Quyidagilar erta tug’ilish xavfi ehtimolligi oshirishi mumkin:

  • erta tug’ruq xavfi kasallik tarixida bo’lsa;
  • egizaklar, uch egizaklar yoki undan ko’p homiladorlikka ega bo’lish;
  • ikkinchi yoki uchinchi trimestrlarda vaginal qon ketishi holati;
  • ish paytida ko’p tik holatda bo’lish;
  • 35 yoshdan katta yoki 17 oshdan kichik bo’lganda;
  • zararli kimyoviy moddalar bilan zaharlanish;
  • homiladorlikdan oldin kam vazn yoki ortiqcha vaznga ega bo’lish;
  • homiladorlikda yetarlicha vaznga ega bo’lmaslik;
  • tug’ruqdan oldingi ko’rik yoki tekshiruvlar kamligi;
  • tug’ruqdan so’ng yana 18 oy ichida homilador bo’lish;
  • sun’iy urug’lantirish usuli orqali homilador bo’lish;
  • spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarni iste’mol qilish yoki retsept asosida berilgan dorilardan noto’g’ri foydalanish.

Muayyan ba’zi sog’lik muammolari erta tug’ruq xavfini oshirishi mumkin. Bular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Bachadon yoki bachadon bo’yni bilan bog’liq bo’lgan, hozir va o’tmishda ta’sir qiladigan sog’lik muammolari;
  • kamqonlik;
  • siydik yo’llaridagi infeksiyalar;
  • vaginal infeksiyalar, masalan, bakterial vaginoz;
  • jinsiy yo’l bilan yuqadigan infeksiyalar, masalan, xlamidiya yoki gonoreya infeksiyasi
  • qandli diabet;
  • qalqonsimon bez kasalliklari;
  • yuqori qon bosimi va preeklambsiya;
  • homiladorlik xolestazi, jigar kasallilari
  • trombofiliya yoki antifosfolipid sindromi kabi qon ivish buzilishi holatlari.

Bir qancha infeksiyalar, shuningdek, toksoplazmoz kabi ba’zi infeksiyalar homiladorlik paytida boshqa davrlarga qaraganda ko’proq zararli bo’lib, bu erta tug’ish va tug’ilish xavfini oshirish mumkin.

Muhim: Tug’ruqdan keyin ayolni xavfdan ogohlantiruvchi belgilar

Oldini olish

Inson erta tug’ruq xavfini oshiradigan ba’zi omillardan qochib qutula olmaydi, masalan, yoshi, oilasi yoki tug’ruq bilan bog’liq tarixi.

Biroq, odam boshqa xavfli omillar ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni qo’llashi mumkin:

  • erta tug’ruq belgilari bilan tanishib chiqing va agar belgilar paydo bo’lsa, darhol shifokor bilan bog’lanish yoki kasalxonaga borishni rejalashtiring;
  • homiladorlik sizda muammosiz o’tayotgan bo’lsa ham har qanday prenatal qabul, tekshiruv va skanerlashlarda ishtirok eting;
  • homiladorlikdan oldin va homiladorlik davrida sog’lom vaznni saqlab qoling;
  • homiladorlikda stress holatini kamaytirishga harakat qiling, masalan, dam olish usullarini qo’lash orqali;
  • homiladorlik o’rtasida kamida 18 oy tanaffus qoldiring.

Keyingi qadamlar

Agar biror kishi erta tug’ruqni boshdan kechirayotgan bo’lsa, sog’liqni saqlash mutaxassisi bilan bog’lanish yoki imkon qadar tezroq kasalxonaga olib borish zarur.

Tibbiy xodim, shunigdek, bachadon bo’yni va amnion suyuqlik darajasini tekshirish orqali tug’ruq boshlangan yoki boshlanmaganligini baholaydi. Ular bolaning holatini va tug’ruq paytida o’zgarib turadigan bachadon bo’yni uzunligini tekshirish uchun ultratovush tekshiruvi, transvaginal skaner yoki bularni har ikalasidan ham foydalanishlari mumkin.

Ushbu maqola www.acog.org hamda www.medicalnewstoday.com ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Добавить комментарий

error: Saytdan maʼlumot ko‘chirish mumkin emas!