Lalu
Qanday ishlaydi Funksiyalari Kalkulyatorlar Tug‘ilish sanasi Ovulyatsiya Haftalar → oylar XGCH Maqolalar Savol-javob
Salomatlik

Homiladorlikda qanday yotish kerak?

Ko‘pchilik ayollarni homiladorlik davida "homiladorlikda qanday yotish kerak, qanday uxlash kerak" kabi savollar ko'p o‘ylantiradi. Bu davrda uyqu bilan bog‘liq muammolar ko‘p uchraydi, ayniqsa uchinchi uch oylik davomida…

homiladorlikda qanday yotish kerak

Ko‘pchilik ayollarni homiladorlik davida «homiladorlikda qanday yotish kerak, qanday uxlash kerak» kabi savollar ko’p o‘ylantiradi. Bu davrda uyqu bilan bog‘liq muammolar ko‘p uchraydi, ayniqsa uchinchi uch oylik davomida qulay uyqu holatini topish qiyin kechadi. Ba’zi homilador ayollar tananing ba’zi holatlari o’zining va homilaning sog‘ligiga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirlanishlari mumkin.

Ko‘pgina homilador ayollar bu davrda ayniqsa birinchi va uchinchi uch oyliklarda charchoqdan shikoyat qilishadi. Progesteron darajasini ortishi va ortiqcha og‘irliklarni ko‘tarishi ham charchoqni kuchaytirishi mumkin, bu esa uyqusizlikni kuchaytirishi mumkin.

Homiladorlikda eng yaxshi uyqu holati

Birinchi trimestrda ayol o‘zi qulay his qilgan har qanday holatda, orqa tomonida yoki qorin tomoni bilan ham uxlashi xavfsizdir. Yuqoridagi holatlarni barchasi normal holatlar hisoblanadi.

Bu davrda bachadon uyquga xalaqit beradigan darajada kattalashmaydi. Ammo gormonal o‘zgarishlar, tungi ochlik hissi, och qolish, ko‘ngil aynishi va boshqa homiladorlik belgilari uxlashni qiyinlashtirishi mumkin.

Ayol 2 va 3 trimestrga yetib kelganida chap tomonida uxlash ma’qul. Bu holatda uxlash jigarga bosim o‘tkazmasdan bachadonga qon oqimini yetarli darajada yetkazib beradi.

Homiladorlik paytida bel og‘rig‘i holatini boshidan o‘tkazayotgan, uyqu holatida noqulayliklar sezayotgan ayollar uyqu paytida tizzalari orasiga homiladorlar uchun mo’ljallangan maxsus yosqichalar qo‘yishlari mumkin. Bu esa, og‘riqni va noqulayliklarni yengillashtirishga yordam beradi.

O‘ng tomonida uxlashni afzal ko‘rgan homilador ayol chap taraf o‘rniga o‘ng tarafda uxlashga moslashgan, va shu holda uxlashi mumkin. Hozircha buning xavfli ekanligini asoslaydigan hech qanday ilmiy tadqiqotlar yo‘q.

Homiladorlikda uyqu bilan bog’liq mumiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan boshqa uxlash usullari quyidagilardir:

Foydali: Homilador ayol uchun foydali sabzavotlar

Ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lgan uxlash holatlari bormi?

Mutaxassislar ba’zi uyqu pozitsiyalarini (qorin va orqa bilan yotish) ko’p ham tavsiya etishmaydi. Chunki ular ona va bo’lajak farzand salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin.

Homiladorlikda qorin bilan uxlash

Ko‘pgina homilador ayollar qorin bilan uxlash rivojlanayotgan homilaga zarar yetkazishidan xavotirlanishadi. Ammo bachadon homilani yaxshi himoya qiladi va birinchi uch oylikda qorin bilan uxlashlikdan ehtiyot bo‘lishga hech qanday sabab yo‘q.

Homila o‘sgan sari ko‘pchilik ayollar qorin bilan uxlash qiyin yoki ilojsiz deb hisoblashadi. Qorin tarafda uxlashni afzal ko‘radigan yoki tez-tez uyg‘onadigan ayollar uchun xavotirlanishga hojat yo‘q. Bu holat chaqaloqqa zarar yetkazmaydi. Ba’zi homilador ayollar bir nechta yostiqlardan foydalanish orqali qorin taraf bilan uxlashlariga imkon yaratib olishadi. Bu kabi usullardan foydalanish yaxshi va qorin bilan yotgan holda uyg‘onish mutlaqo xavfsiz.

Orqa taraf bilan uxlash

Birinchi trimestrda orqa tomonda uxlash odatda xavfsiz hisoblanadi. Uchinchi trimestrda homiladorlikning 28-haftasidan boshlab, orqa tomon bilan uxlash bachadonga qon yetkazib beradigan asosiy tomirlarga bosim o‘tkazadi. Salbiy ta’sir homilaga kislorod yetkazib berishini kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, homilador ayolda bosh aylanishi va jig‘ildon qaynashi kabi noxush alomatlarni kuchaytirishi mumkin.

Tez-tez orqa tomonida uyg’onayotganidan xavotirda bo’lgan ayol yon tomon bilan uxlashini qo’llab-quvvatlovchi maxsus homiladorlik yostiqlaridan foydalanishi lozim.

Agar homiladorlik paytida yuztuban yoki chalqancha uxlab uyg’onsangiz nima bo’ladi?

Tun davomida juda kam odam bir holatda qoladi. Agar siz homiladorlik paytida chalqancha yoki qorningizda uxlayotgan holda uyg’onsangiz, tashvishlanmang. Hech qanday zarari yo’q. Agar bu holatlar sizni qayta bezovta qilishini istamasangiz homilador ayollar uchun mo’ljallangan yostiqchalar xarid qiling.

Foydali maqola: Homiladorlikda qorinda bo’ladigan o’zgarishlar (kichikligi, kattaligi, pastda va yuqorida joylashishi)

Homiladorlikda uxlashga yordam beruvchi vositalar

Homilador ayollarga yaxshiroq uxlashlariga yordam beradigan turli xil usullar bor. Homiladorlikda uyqusizlik holatidan aziyat chekayotgan yoki uxlashga qiynalayotgan ayollar quyidagilarni sinab ko‘rishi mumkin:

Homiladorlik davrida yetarlicha, uyquga to’ymagan ayollar jismoniy va hissiy charchoqni boshidan kechirishi mumkin. Bu charchoq ishlash, maktabga borish yoki kundalik yumushlarni bajarishni qiyinlashtirishi mumkin. Ayol homiladorlik davri davomida uyqu bilan bog‘liq doimiy qiyinchiliklarga duch kelsa, uyquni yaxshilash uchun albatta shifokorga murojaat qilishi kerak.

Ushbu maqolamiz orqali ayollar tomonidan ko’p so’raladigan «Homiladorlikda qanday yotish kerak?» mazmunidagi savollarga imkon qadar javob berdik, deb o’ylaymiz.

Maqolani tayyorlashda mayoclinic.org, medicalnewstoday.com va americanpregnancy.org ma’lumotlaridan foydalanildi.

Fertil davringizni hozir aniqlang

Oxirgi hayzingiz va hayz davri uzunligini kiriting — bepul kalkulyator sizning olti kuningizni aniqlab beradi.

Ulashish
👩‍⚕️

admin

Lalu tibbiy taqrizchisi

Hayz davri, homiladorlik va chaqaloq haqidagi kontentimizni yozadigan va tekshiradigan Lalu klinik jamoasining a’zosi.

Davomini o‘qing

Barcha maqolalar
Salomatlik chaqaloq qayt qilishi

Chaqaloq qusishi – sabablari va xavfni ogohlantiruvchi belgilari

Bolalikdagi ko’pgina kasalliklar qusishni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli, farzandingizda dastlabki yillarda bir necha marta bu muammo bo’layotganligini ko’rishingiz mumkin. Odatda, chaqaloq qusishi davolash…

Salomatlik molchnitsa

Og’iz bo’shligi kandidozi – molochnitsa

Kandida zamburug’i kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug’ infeksiyalarning bir turi hisoblanadi. Og’iz bo’shlig’i kandidozi (molochnitsa) deb nomlangan bu zamburug’ turi og’izda paydo bo’ladi va ichki…

Salomatlik homiladorlikda varikoz

Varikoz venalarining tug’ruqdan keyingi holati

Homiladorlikda varikoz venalar asosan homilador ayollarning oyoq qismlarida paydo boʻladi. Venalar kengayishi natijasida shishlar hosil bo’ladi. Natijada qichishishi, baʼzida esa ogʻriq paydo bo’lishi mumkin…